G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Download 50.88 Kb.
|
G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni xal qilishni talab etadi, xususan: huquqiy jihatdan – g’aznachilik tizimi amal qilishining qonuniy-huquqiy asosini yaratish va takomillashtirish; tashkiliy jihatdan – Moliya vazirligi huzurida maxsus ixtisoslashgan g’aznachilik bo’linmasini, shuningdek, uning hududiy va mahalliy bo’linmalarini tashkil etish; uslubiy jihatdan – g’aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, Yagona g’azna hisobvarag’ini ochish; texnik va texnologik jihatdan – davlat moliyasi bo’yicha katta hajmdagi axborotni to’plash va qayta ishlashga imkon beradigan samarali faoliyat qiluvchi integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish; kadrlar ta’minoti jihatidan – Moliya vazirligi tizimidagi moliya organlarining hamda byudjet tashkilotlarining xodimlarini va buxgalterlarini g’aznachilik tizimida ishlash bo’yicha qayta o’qitish va malakasini oshirish Nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham, metodologik hamda tashkiliy jihatdan ham byudjet ijrosining g’aznachilik tizimi tushunish uchun hamda bevosita ijro etish uchun ancha murakkab jarayondir. Ana shu jihatlar “G’aznachilik asoslari” fanining ham murakkabligini belgilab beradi. Fan sifatida mavjud bo’lishi uning boshqa maxsus fanlar bilan nazariy jihatdan bog’liqlikda bo’lishini talab etadi. Davlat byudjetining g’azna ijrosi ishtirokchilari: moliya organlari, byudjet tashkilotlari, banklar, g’aznachilik bo’linmalari, mol etkazib beruvchilar va boshqalar faoliyatining xususiyatlari uning boshqa iqtisodiy fanlar: Davlat byudjeti, Mahalliy byudjetlar, Byudjetdan tashqari fondlar, Moliyaviy nazorat, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy tahlil, Audit kabi fanlar bilan mantiqan uzviylikda bo’lishini va bog’liqligini belgilab beradi. Shu bilan birga, “G’aznachilik” fani qator maxsus fanlar, jumladan, “G’aznachilik tizimida nazorat”, “Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi”, “G’aznachilik mexanizmi” kabi fanlarni o’zlashtirish uchun nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. 2-Mavzu: Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati Download 50.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling