G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja


Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Download 50.88 Kb.
bet4/7
Sana24.02.2023
Hajmi50.88 Kb.
#1227291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari

2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi №664-II-son Qonunining qabul qilinishi respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilishning huquqiy asosini belgilab berdi. Ushbu Qonun davlat byudjeti g’azna ijrosi tushunchalariga oydinlik kiritdi.


Davlat byudjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo’ladiki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag’larini, davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat byudjeti bo’sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.
Mazkur Qonunda ko’rsatilishicha, “Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat”1.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini taqsimlovchi organlar, davlat byudjeti daromadlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat byudjetining g’azna ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini taqsimlovchi organlar, davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G’aznachilikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning to’g’riligi va asosliligi uchun javobgar bo’ladilar.
Davlat byudjeti xarajatlari yagona g’azna hisobraqami yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan belgilangan muddatlarda, respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larining qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi.
Yagona g’azna hisobraqami belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida G’aznachilik tomonidan ochiladi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida va tijorat banklarida bank hisobraqamini ochish huquqiga ega, so’zsiz ravishda G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamidan mablag’larni hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat byudjetiga to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar yagona g’azna hisobrakamiga kiritilib, ular tegishlicha, respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarida aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari yagona g’azna hisobraqamiga kirtilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks ettiriladi.
Davlat byudjetiga chet el valyutasida to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek, byudjet, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarida aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlarining chet el valyutasida tushadigan byudjetdan tashqari mablag’lari, agar qonun hujjatlarida boshqa qoidalar nazarda tutilgan bo’lmasa, g’aznachilikning bankdagi yagona g’azna hisobraqamiga kiritiladi. Moliya Vazirligida byudjet mablag’larining holati va harakati to’g’risida barcha ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlarni mavjudligi mablag’larni bosh taqsimlovchilariga byudjet mablag’larini tezkor boshqarish uchun imkoniyatlar beradi. Byudjetni ijro qilishda g’aznachilik tizimiga o’tilishi davlat xokimiyati bilan xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi byudjetga taalluqli vakolatlarni taqsimlashning belgilangan tartibi o’zgarmaydi. Davlat byudjetining kassali ijrosi G’aznachilikka biriktiriladi. Byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilarning huquqi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning vertikal bo’ysinishi, iqtisodiy va tashkiliy nazorat-g’aznachilik organlarining faoliyatidan tashqaridadir.



  1. Download 50.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling