D tashmuxamedova


G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

3. G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va 
xususiyatlari 
G‘aznachilik tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun uning beshta tashkiliy 
elementi mavjud bo‘lishi va o‘zaro bog‘liqlikda amal qilishi zarur. Ular: 
1. G‘aznachilikning yagona hisobraqami; 
2. G‘aznachilikning bosh kitobi; 
3. G‘aznachilik organlari; 
4. G‘aznachilikning axborot tizimi; 
5. G‘aznachilikda davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish. 
G‘aznachilikning yagona hisobraqami. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosini 
ta’minlashda soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to‘plash, saqlash va davlat 
xarajatlarini amalga oshirish uchun G‘aznachilik tomonidan G‘aznachilikning 
yagona hisobraqami ochiladi. Yagona g‘azna hisobraqami G‘aznachilik 
tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo‘lib, bu hisobraqamda 
Davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobraqamidan davlat byudjetida 
mablag‘lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari 
to‘lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari amalga 
oshiriladi. G‘aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli 
fondlarining 
mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
g‘aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga 
ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g‘aznachilikning yagona hisobraqami 
qoldig‘ining ajralmas qismi hisoblanadi.
G‘aznachilikning bosh kitobi. G‘aznachilikning bosh kitobibyudjet 
ijrosi g‘aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G‘aznachilikning 
Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya 
tizimining axborot tizimi faoliyat ko‘rsatadi. G‘aznachilikning Bosh kitobi 
byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan 
tizimidir. G‘aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo‘ladigan 


31 
barcha moliyaviy operatsiyalar o‘z ifodasini topadi. G‘aznachilikning Bosh 
kitobi G‘aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo‘ladigan 
operatsiyalardagi 
barcha 
buxgalteriya 
provodkalarini 
aks 
ettiradi. 
G‘aznachilikning Bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy 
byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o‘z vaqtida yuritilishini 
ta’minlaydi. G‘aznachilikning Bosh kitobi o‘z ichiga juda ko‘p byudjet 
birliklarini birlashtiradi. G‘aznachilikning Bosh kitobida byudjetning barcha 
daromadlari va xarajatlari ko‘rinadi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling