D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

yo‘nalishlari
1
 
2005-yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini 
bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g‘azna ijrosini 
tatbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007-yilda) uning negizida 
Moliya vazirligi G‘aznachiligi tashkil etildi. 
2007-yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo 
taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” 
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-721-son Qarori 
(01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1-
noyabrdagi PQ-721-son Qarori asosida 


19 
loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish 
belgilandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh 
qilish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – byudjet tizimining to‘liq 
shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag‘larini ularning oluvchilariga 
yetkazishda 
kechikishlarga, 
qarzdorlikka 
yo‘l 
qo‘ymaslik, 
byudjet 
mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo 
munosabatlar 
samaradorligini 
oshirgan 
holda 
hokimiyatlarning 
turli 
darajalaridagi 
byudjetlarning 
hamda 
byudjetdan 
tashqari 
maqsadli 
jamg‘armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G‘aznachilikka 
o‘tkazishdan iborat. 
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‘azna ijrosi 
mexanizmlarini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning 
moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, 
davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish 
imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. 
G‘aznachilik tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy 
mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha 
operatsiyalar G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram birinchi Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar: 
“Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini 
belgilaydigan boylik qayerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya 
vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi 
deb atagan bo‘lardim”
1

Zero,“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy 
o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha 
darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror 
bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. …
Albatta, Davlat 
1
Karimov I. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. T.: 
O‘zbekiston, 2005. 285 b.


20 
byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun 
va oqilona ishlatilishini ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib 
bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchin G‘aznachilik va Nazorat-
taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan?

1
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari to‘planadigan va ushbu mablag‘lar 
doirasida aniq belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar amalga oshiriladigan 
yagona g‘azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat 
moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G‘aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag‘ oluvchi-
larning majburiyatlarini ro‘yxatga oladi, mol yetkazib beruvchilar tomonidan 
ularga mahsulotlar yetkazib berilganidan va xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng, 
byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomidan va 
ularning topshirig‘iga asosan G‘aznachilik vakolatni o‘z zimmasiga oladi va 
byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim 
qilingan hujjatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
G‘aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha 
darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi 
sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag‘larini yagona 
davlat xazinasida jamlashga qaratiladi. 
Har qanday davlat va jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va 
vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, 
mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo‘ladi. Buning uchun 
rivojlangan byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad 
manbalari va xarajat yo‘nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy ma’lumotlarga 
ega bo‘lish talab etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o‘rta va 
uzoq istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olish uchun ushbu 
1
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.


21 
ma’lumotlarni aniq va o‘z vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida 
G‘aznachilik organlari oldiga davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil qilish, davlat 
byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat byudjeti 
ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat 
ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kabi muhim vazifalar 
yuklatilgan.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling