D tashmuxamedova


  1-BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 



1-BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA 
AHAMIYATI 
Reja 
1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni. 
1.2. O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning 
bosqichlari. 
1.3. G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va 
xususiyatlari 
1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni 
O
‘zbekiston 
Respublikasida 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat 
moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat 
moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar 
yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini 
o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat byudjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan 
ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini
aniq tarzda qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash asosida aholi
farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi
va aniq tarzda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalliy 
byudjetlar samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning 
moliyaviy resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli 
respublikamizda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimiga 
o‘tish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. 
Byudjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning 
muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi. 



Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida byudjetning g‘azna ijrosiga 
o‘tilishi shuningdek, byudjetning o‘rta muddatli istiqbolini belgilashga o‘tish 
chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. 
Jahon andozalari va xalqaro byudjet amaliyotining yangi qat’i talablari va 
mezonlari asosida davlat byudjetining o‘rta muddatli istiqbolini belgilash 
tizimiga o‘tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal 
qilayotgan natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi 
byudjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo‘yadi. Byudjet so‘zi XV asrlarda 
paydo bo‘lgan bo‘lib, O‘rta asrlardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi 
fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, 
lotin tilidagi “bulga” so‘zidan olingan bo‘lib, “charm sumka” degan 
ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g‘aznachilik vaziri 
fiskal rejalarini o‘zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa 
ma'nosi XVIII asrda “yangiliklar shodasi” bo‘lib ko‘chdi, shu sababdan bu 
so‘zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan. 
 
Oksford lug‘atida keltirilishicha, byudjet – ma’lum davr uchun daromad 
va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik 
daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan 
maqsadga muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster 
lug‘atiga ko‘ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling