D tashmuxamedova


 O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

2. O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning 
bosqichlari 
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini - 
davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali 
tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o‘zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g‘azna ijrosiga 
o‘tish amalga oshirilmoqda. Shu narsa ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor 
mexanizmlarini ko‘r-ko‘rona, sun’iylik bilan tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o‘rtasida shunday 
an’anaviy iyerarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog‘ida 
ularni e’tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – 
davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidir.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‘azna ijrosi 
tizimini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy 
resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat 
moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini 
beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Lekin, 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida byudjet ijrosida bank tizimidan foydalanish 
bir qator muammolarni keltirib chiqardi: 

byudjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) 
emasligi; 

daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning hisobraqamlarida aks 
ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning 
sustligi; 


22 

soliq daromadlarining byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali 
tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi; 

byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar summalari 
ko‘rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag‘larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona 
nazoratning murakkablashuvi; 

byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag‘larining turib 
qolishi; 

byudjet mablag‘larining ajratilishi bilan ularning so‘nggi iste’molchilarga yetib borishigacha 
bo‘lgan vaqtning uzoqligi; 

davlat mablag‘lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan 
oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va 
boshqalar
1

Sanab o‘tilgan holatlar davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g‘azna ijrosiga o‘tishning zarurligini 
belgilab berdi. 
Byudjetni g‘aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari 
mavjud: 

qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini 
aniqlash; 

davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; 

davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi 
detallashtirilgan monitoringini o‘tkazish; 

tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib 
beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat 
qilish; 

moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet 
mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiistemol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida 
joriy nazorat qilish; 

byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini g‘aznachilik hisobraqamidan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tqazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha 
jarayonlarni qisqartirish; 

g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni 
soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi byudjet mablag‘larini tezkor ishlatish. 
Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning 
yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning 
yagonaligidan iborat. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida 
belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning 
1
Pulatov D.X., Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik: Darslik . T.: Sano-standart, 2014 y. 372 b.


23 
Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy 
bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o‘z vazifalarini samarali bajarishini 
ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish
yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat 
iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida 
davlat tomonidan ko‘riladigan tadbirlar yig‘indisidir. 
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli 
organlar bilan bir qatorda, G‘aznachilik ham alohida muhim o‘rin egallaydi. 
G‘aznachilik - byudjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul 
qiladi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun G‘aznachilik ularning nomidan va 
ularning topshirig‘iga binoan vakolatni o‘z zimmasiga oladi va byudjet 
mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida 
to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda byudjet ijrosi 
jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:
- byudjet tushumlarini taqsimlash; 
- tegishli byudjetlarda jamlangan mablag‘larni byudjetdan mablag‘ 
oluvchilarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga 
o‘tkazish.
Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag‘larining keyingi 
taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lib qoldi. Davlat byudjeti 
mablag‘laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina 
buxgalteriya hisobotlari orqali so‘nggi nazorat usullaridan foydalangan holda 
tekshirish mumkin edi. 
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan holda, Davlat moliyasini 
boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi 


24 
Moliya vazirligi tizimida byudjetni g‘aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul 
bo‘lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda 
amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin: 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling