D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

byudjetning daromadlari mazkur byudjetni ijro etuvchi tegishli kassada 
jamg‘arilishi tushuniladi
1
. Shuningdek, ushbu byudjetdan mablag‘ bilan
ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag‘lari ushbu kassa orqali beriladi.
Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish maqsadida va davlat 
moliyasi bilan qilinadigan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini qilish 
uchun g‘aznachilikning hisob-kitob schyotlari davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlarining tasnif tizimiga mos kelishi kerak. Byudjetning daromad qismini ijro 
etish yuridik va jismoniy shaxslardan soliq va soliqsiz to‘lovlar undirish
hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli
to‘lovlarni qonunda belgilangan muddatlar va tartiblarda mustaqil ravishda
hisoblaydilar va byudjetga to‘laydilar.
1
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.


37 
Byudjetning daromadlar qismi ijrosida soliq organlarining funksiyasi tartibga 
soluvchi soliqlarni taqsimlash, noto‘g‘ri to‘langan summalarni qaytarish va byudjet 
daromadlari tushumi hisobini olib borishdan iborat bo‘ladi.
Byudjetning tushumlar bo‘yicha ijrosini tashkil etib, G‘aznachilik organlari 
tushumlar tushishining qisqa muddatli prognozi va byudjetning daromadlar qismi 
ijrosining tahlilini amalga oshiradi. Mamlakatda moliyaviy va iqtisodiy
barqarorlikni saqlash, narxlar va ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich 
erkinlashtirish byudjet tizimini izchil va tizimli tarzda rivojlantirishni ta’minlaydi. 
G‘aznachilik – davlat byudjeti ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda 
maxsus idora davlat soliqlari yig‘imi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, 
mablag‘lar ustidan nazorat amalga oshiriladi, shuningdek, davlat tashqi va ichki
qarzlarini boshqaradi hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlari monitoringini olib 
boradi. 
Bugungi kunga kelib, barchasida ushbu tizim joriy qilindi va ayni paytda
mutaxassislar mavjud tizimni takomillashtirish ishlari bilan band.
Yuqoridagi fikrlarimizga xulosa shuki, davlat moliyasi boshqaruvining 
tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham
tayaniladi.
O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘azna ijrosini joriy etishdan ko‘zlangan
maqsad quydagilardan iborat: 

byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish; 

byudjet nazoratini kuchaytirish; 

byudjet ijrosi yuzasidan hisobot muddatlarini qisqartirish.
G‘aznachilik joriy etish byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida 
tushishini 
va 
xarajatlar 
qismida 
byudjet 
mablag‘larining maqsadli 
sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish 
imkonini beradi. Mazkur tizimni joriy etish orqali byudjet bajarilishini kuzatish, 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag‘larini 


38 
maqsadsiz 
sarflanishidan 
himoyalash 
va 
byudjetni 
rivojlantirish 
va 
prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin. 
Konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish va davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobiga moliyalashtirilayotgan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini 
yuritish maqsadida G‘aznachilik hisob-kitoblar schetlari davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining tasnif tizimi bilan moslashtiriladi. 
G‘aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar 
quyidagilardan tashkil topadi: 

byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha opertsiyalar turli 
banklarda ochilgan ko‘plab byudjet hisobraqamlari o‘rniga markaziy bankda 
ochiladagan Moliya vazirligining yagona G‘azna hisobvarag‘iga jamlanadi; 

byudjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va byudjet mablag‘laridan 
foydalanishni nazorat qilish, hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning 
shaxsiy hisobvaraqlari G‘aznachilikda ochiladi va yuritiladi; 

tijorat banklar ijrosi o‘rniga G‘aznichilik tomonidan byudjetning kassa 
ijrosini amalga oshirilishi va byudjet jarayonining barcha bosqichlari, ya’ni 
daromadlar tushumi, byudjet mablag‘lari ajratishdan tortib byudjet ijrosi 
hisobotini tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar birlashtiriladi; 

zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotni qo‘llagan holda 
G‘aznachilikning yagona axborot tizimi shakllantiriladi va u davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlari kassa ijrosining kundalik monitoringini ta’minlaydi, 
barcha darajadagi byudjetlar holati haqida ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta 
ishlash va tahlil qilish imkonini beradi. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
amaliyotidagi 
G‘aznachilik 
tizimini 
O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliya – axborot tizi-
mini joriy etish, davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli 
axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali 
boshqarishni ta’minlaydi. 


39 
Mamlakatimizda davlat byudjetining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi 
quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi: 
- davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol 
ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish
- davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va muntazam ravishda 
axborjtlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish; 
- davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismlarining kassa ijrosini 
har kungi aniqlashtirilgan monitoringini o‘tkazish; 
- tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining 
tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburyatlarini qabul qilish 
bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish; 
-moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli 
moliyalashtirish bilan birga, byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari 
tomonidan suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida 
joriy nazorat olib borish; 
- byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag‘larini 
G‘aznachilik hisobraqamida to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar yetkazib beruvchilar 
hisobraqamiga o‘tkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish va o‘z 
vaqtida to‘lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarning moliyaviy im-
koniyatlarini yaxshilash; 
- g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul 
mablag‘lari o‘tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag‘larini tezkor harakat 
qilishini ta’minlash.  

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling