D tashmuxamedova


 “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

2.2. “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning 
mazmuni va tarkibi 
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy 
asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu 
borada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 
tomonidan 2850-son (22.12.2016) bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tizimi 
byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo‘lib 
xizmat qildi. Mazkur “Qoidalar” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy 
g‘azna 
hisobvaraqlarini 
qo‘llash 
sharoitida 
respublika 
byudjeti, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna 
ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.


51 
Ushbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi:

G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va 
hududiy g‘azna hisobraqamlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna 
ijrosini amalga oshirish tartibini;

respublika g‘azna hisobraqami va hududiy g‘azna hisobraqamlarini 
yuritish tartiblarini,

Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,

byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga 
o‘zgartirishlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etish tartiblarini,

yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olishning umumiy qoidalarini,

byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari 
hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar. 
“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari”da belgilanishiga 
ko‘ra: 
– Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib 
beruvchilar (keyingi o‘rinlarda – mahsulot yetkazib beruvchilar) bilan 
shartnoma, 
jumladan 
kapital 
qurilish 
bo‘yicha 
buyurtmachilarning 
shartnomalarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro 
etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to‘lanishi, shu jumladan g‘azna 
hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subvensiya va dotatsiyalar g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi; 
– G‘azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g‘azna ijrosi bilan qamrab 
olinadigan byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag‘ oluvchilar, shu 
jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi; 
– Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag‘ 
oluvchilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda 


52 
nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi 
G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari 
mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi; 
– Davlat byudjeti g‘azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va 
taqdim etish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
G‘azna hisobvaraqlari orqali xizmat ko‘rsatiladigan byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 
2-shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, 
uni xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan tegishli davrda 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari va 
aniqlangan rejali byudjetdan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobot 
ma’lumotlariga mosligiga taqqoslanadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning 
hisobotlari g‘aznachilik bo‘linmalarining buxgalteriya hisobi bo‘yicha vakolatli 
xodimlari tomonidan belgilangan shakldagi shtamp qo‘yilib, imzolanadi). 
Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar banklar
tomonidan o‘rnatilgan tartibda 
qabul qilinadi va 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag‘lari” 
hisobvarag‘iga kirim qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, 
banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning g‘azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi moliya yili uchun 
ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida, tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar 
smetalari, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning mahsulot yetkazib beruvchilar 
bilan tuzgan shartnomalari asosida: 


53 
– respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy 
bo‘linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda; 
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi G‘aznachiligining hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga 
oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi. 
Davlat byudjeti g‘azna ijrosi Qoidalarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar 
tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat 
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat 
moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 
amalga oshirilishi tartibi belgilangan. 
2-rasm. G‘aznachilik organlarining javobgarligi mexanizmi

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling