D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. 0‘quv jarayonida nazoratning o‘rni va roli, nazorat shakllari


Download 1.26 Mb.
bet176/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

§. 0‘quv jarayonida nazoratning o‘rni va roli, nazorat shakllari

Qo'yilgan ta’lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhim ahamiyatga ega va u pedagogik tex- nologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. O'quvchi, talabalaming bilimi va ko‘nikmalarini tekshirish, sinash (o‘lchash) va baholash nazorat deb ataladi.
Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi 0‘qituvchi va o'quvchi, talaba 0‘rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, 0‘quvchi, talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida xoli- sona axborotga ega bo‘lish va ular bilimi, ko‘nikmalaridagi kam- chiliklami aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishdir.
0‘quvchi-talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ulami predmetni chuqur o‘rganishga undaydi. Baho pedagog uchun tfqishni ragfbatlantirish, ijobiy o‘quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bo* lib hisoblanadi.
Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, predmetni puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi
Baholash faqatgina o‘zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta’sir etishning yagona vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xolisona bahodash ta’sirida talabalarda unga muvofiq




bo'lgan o‘z-o‘zini baholash, o‘z muvaffaqiyatlariga nisbatan tan- qidiy munosabatda bo'lish hissi paydo bo‘ladi.

O'qituvchi o‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali:

  • ularning fan bo'yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;

  • nimalarni, qanday savol, masalalami o‘zlashtirgani haqida axborotga ega bo‘ladi;

  • ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi; - -

  • o'qituvchi va o'quv yurti ma’muriyati tomonidan o'quvchi- talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko'chirish haqida qaror qabul qilinadi.

Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo'lib, qa­tor funksiyalarni bajaradi:

  1. Tashhislovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming xislat, fazi- latlari, o'quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir.

  2. 0‘qituvchi-o‘rgatuvchi funksiyasi. Talabalaming o'zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatadi, ularning faolligini oshiradi. O'quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o'qishga ijodiy mu­nosabatda bo'lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivoj­lantirishga undaydi.

  3. Tarbiyalovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming salbiy to- monlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi.

  4. Rivojlantiruvchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘nikma, malakalarini tashhislash or­qali o'zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini ortishida o'z aksini topadi.

0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:

  • barcha talabalarni jalb etish;

  • dastur materiallarini to'la qamrab olish;

  • talabalarga oshkora yondashish;

  • talabalar bilimini adolatli baholash;

  • muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o'qish, o'rganishga undaydi.




0‘quvchi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.

Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta’lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqil­gan reyting ( ing. Rating — individual: son, miqdor ko‘rsatkichi ma’nosida ishlatiladi) tizimi qo‘llanilmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalaming bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning -olgan bilimini o‘zlashtirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
Reyting tizimini qo‘llash orqali talabalarni o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondash­ish, adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashi- shlarini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, professor- o‘qituvchilarni ma’ruza, amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, dars o‘tishning turli-tuman uslublarini qo'llash, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda mas'uliyatlarini oshirishdir. Bulaming barchasi esa raqobatbardosh mutaxassislami tayyor- lashga erishishga qaratilgan.
0‘quvchi, talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash se­mestr, o‘quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi.
Oliy o‘quv yurtlarida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta Maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan talabalaming fan bo'yicha o‘zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib borilladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa 0‘MKHT markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonli buymg‘iga muvofiq ishlab chiqilgan «0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi muvaqqat Nizom» hamda «0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o'quvchilar bilimini reyting tizimi orqali yakuniy baholash bosqichida tayanch so‘z va iboralaiga asoslangan yozma ish usulini tatbiq etish bo‘yicha muvaqqat Nizom» asosida olib boriladi. Ularga ko‘ra, o‘qitish saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish ko‘zda tutiladi:

  • joriy nazorat;

  • oraliq nazorat;

  • yakuniy nazorat.




Oliy ta’limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning o'zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ychun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr- mulohazalari, dars o'tish metodlari bo'yicha berilgan topshiriqlarni bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko'nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg'ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o'tkaziladi.

Oraliq nazorat semestr, o'quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo'lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o'tkaziladi. Talabalaming bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning Texnologik xaritasida ko‘rsatilgan Mavzularini qamrab olgan holda, jami 42 ball doirasida baholanadi. Oraliq baholashda talabalaming o'zlashtirish ko'rsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, o‘tilgan mavzular bo'yicha og'zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.
Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qo'shiladi.
Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o'quv yili davomida o'tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o'zlashtirish darajasi ba­holanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o'quv rejasida fanga semestr yoki o'quv yili uchun ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida o'tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o'g'zaki so'rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma ifodalash ko'nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Yozma ish yakuniy baholash shaklida o'tkaziladigan bo‘Isa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o'quv yili boshlanishida




Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

85 - 100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish;
Mugtaqil mushohada yuritish; Amalda qo'llay bilish; Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo'lish.

71 - 85

Yaxshi

Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo'llay bilish; Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo'lish.




56 - 70

Qoniqarli

Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo‘lish.

0-55

Qoniqarsiz

Aniq tasawurga ega emaslik; Bilmaslik.


Muvaqqat Nizomga asosan akademik litseylarda har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qa’i nazar 100 ballik tizimda, kasb-hunar kollejlarida esa 5 ballik («5», «4», «3», «2») tizimda bu- tun sonlar yordamida baholanadi. Muayyan fan (predmet) bo'yicha' o‘quvchining bali nazorat turlari bo'yicha to‘plangan umumiy bal- larning o‘rtachasi hisoblanadi. Mumkin bo'lgan maksimal ball 5 balni tashkil qiladi.



  1. Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling