D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
- Takrorlash va munozara uchun savollar
Dasturda fanning nomi.
Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta’lim stan- dartlariga, mehnat bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o'qitishdan asosiy maqsad, shu fan o'quvchi, talabalarda qanday bilim va ko'nikma shakllantirishi ko'rsatiladi. Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o'quv dasturlariga ajrati- ladi. Namunaviy o'quv dasturi fanni o'rganishdan qo'yilgan maqsad, fanning asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o'quv dasturi tarkibiy jihatdan o'z ichiga: kirish, asosiy qism: ma’ruza, seminar, tajriba darslari va mustaqil ish uchun ko'rsatmalar, kurs ishlari bo'yicha ko'rsatmalar, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatini oladi. Namunaviy dastur davlat ta’lim standartlariga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o'zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza va tas- diqdan o'tishi zarur. Namunaviy o'quv dasturi tasdiqlangan va ro'yxatga olingan kundan boshlab amalga kiritiladi. Namunaviy dastur asosida ishchi o'quv dasturi ishlab chiqiladi. Ishchi o'quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo'yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, dars o'tish, mashg'ulot turlari: ma’ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg'ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi. Ma’ruza mashg'uloti hamda seminar mashg'uloti mavzularida har bir mavzuda o'rganilishi zarur bo'lgan mavzuning o'quv mak- sadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o'rganish va o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati raqamlarda ifodalanadi. Shu fanni o'qitish bo'yicha lozim bo'lgan o'quv vositalari, ko'rgazmali namoyish materiallari, o'quv fllmlari va boshqa didaktik materiallar ro'yxati keltiriladi. Dasturning «o'zlashtirishni nazorat qilish» qismida, fanni
«Foydalanilgan adabiyotlar» qismida o'quvchi-talabalar tomonidan fanni o'rganish va o'zlashtirish uchun lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati beriladi. Ishchi o'quv dasturiga muvofiq ravishda mashg'ulot(seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o'quv kompleksi tarkibiga kiruv- chi boshqa ishlar ishlab chiqiladi. Fanning har bir mavzusi bo'yicha qo'yilgan maqsad, mavzuning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars o'tish metodini o'qituvchining o'zi tanlaydi. Shunday qilib, har bir fan bo'yicha o'quv-uslubiy majmua ishlab chiqiladi. O'quv-uslubiy majmua — bu yagona metodologiya bo'yicha o'rganiladigan fanning mazmuni va uning xususiyatlariga ko'ra o'qitishni tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan ta’lim mazmunini va o'zlashtirish jaryonini amalga oshirishda qatnashuvchi barcha vosi- talarni o'z ichiga oladi. O'quv-uslubiy majmuaning tarkibi quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan: ta’limning maqsadi (o'qitishdan maqsad nima? nima uchun o'qitamiz?); ta’limning mazmuni (nimani o'qitamiz? nimani o'rgatamiz?); ta’lim metodlari (qanday qilib o'qitamiz?); ta’lim vositalari (nimalar orqali, qanday vositalar orqali o'qitamiz?). O'quv-uslubiy majmuaning komponentlari vazifalarni eng ma’qul tarzda, ya’ni eng optimal variantini aniqlash muammosi majmuaning tuzilishini tanlash bilan uzviy bog'liq. O'quv-uslubiy majmuaning tuzilishiga bog'liq ravishda uning komponentlari, vazi- falari ham o'zgarib boradi. Hozirgi paytda o'quv-uslubiy majmua tarkibi: Fan bo'yicha namunaviy dastur. Fan bo'yicha ishchi - o'quv dasturi. Texnologik xarita. Dars o'tish kalendar rejasi. Amaliy mashg'ulot va seminar darslari rejasi. Ma’ruzalar matni. Asosiy tayanch tushunchalar. Masala-mashqlar, testlar. Fan bo'yicha oraliq, joriy, yakuniy baholash mezonlari.
Yozma ishlarni baholash mezonlari. Fan mavzulari bo'yicha tayyorlangan slaydlar, chizmalar va boshqa namoyish etiluvchi materiallar. Amaliy ish o'yinlari. Kurs ishi mavzulari. Mustaqil ish va referat mavzulari. Yozma ish savollari va boshqalardan iborat. Fanning xususiyatlari va qo'yilgan maqsaddan, mutaxassislarni tayyorlashda fanning tutgan o'rnidan kelib chiqqan holda mazkur ro'yxat qisqarishi yoki qo'shimchalar qo'shilishi mumkin. Masalan, bitiruv malakaviy ish mavzulari faqat mutaxassislik fanlari bo'yicha qo'shiladi. O'quv-uslubiy majmua albatta fanni o'rganishdan qo'yilgan asosiy va qo'shimcha maqsadlarni to'la amalga oshirilishiga katta yordam beradi. Xulosa Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar qanday bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi zarurligi Davlat ta’lim standart- larida belgilanadi. Davlat ta’lim standartlari — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida tayyorlanayotgan kadrlarning minimal darajada ega bo'lishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalarni ifodalaydi. O'qitish jarayonida o'quvchi-talabalar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri ta’lim mazmunini anglatadi. Unga muvofiq ravishda tayanch o'quv rejalari ishlab chiqilib, fanlar tarkibi va soati aniqlanadi. Muvofiq ravishda o'rganiladigan ta’lim dasturi, ya’ni o'quv fanlarining mu- taxassisliklarga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajada tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro'yxati ishlab chiqiladi. Ta’limning muayyan yo'nalish yoki mutaxassislik bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari va kurslari tarkibi, ularni o'rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi belgilangan normativ hujjat — o‘quv rejasi va ta’lim mazmuni, talabalar tomonidan o'zlashtirishning maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan normativ hujjat — o‘quv fani dasturi, har bir fan bo'yicha o'quv- uslubiy majmua tayyorlanadi. Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar Standart, davlat ta’lim standartlari, ta’lim standartlarining maqsadi, ta’lim standartlarining vazifalari, tayanch o‘quv rejalari, texnologik xarita, namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, kalendar reja, o‘quv-uslubiy kompleks. Takrorlash va munozara uchun savollar Davlat ta’lim standartlari deganda nimani tushunasiz? - Ularni ishlab chiqish zaruriyati nimada? Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalarini aytib bering. 0‘quv jarayonini tashkil etishda tayanch o‘quv rejalari qanday rol o‘ynaydi? Texnologik xarita nima, u qanday tuziladi? Umuman ol- ganda, texnologik xarita kerakmi? Ishchi o'quv dasturi nima? U namunaviy o'quv dasturidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi? Kalendar reja qanday tuziladi? Siz fan bo'yicha mustaqil ravishda uni tuza olasizmi? O'quv-uslubiy kompleksi (majmuasi) nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling