D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


og‘ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanadi, ya’ni mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi


Download 1.26 Mb.
bet19/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

og‘ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanadi, ya’ni mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi.
Taraqqiyot «Texnologiya»ni fan sifatida ham o'rganishni ob’ektiv zarur qilib qo'ydi. U fan sifatida fizik, kimyo, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash orqali mahsulot ishlab chiqarish- ning samarali usullarini o'rganish, yangiliklarni topish va tajribada sinashni o'rganadi.
XX asrda fizika, kimyo, energetika, biologiya, matematika, in- formatika va boshqa fanlarni ng yutuqlariga tayangan texnologiyalar texnologik inqilobni keltirib chiqardi.- Fan-texnika taraqqiyoti yaratilgan texnika va texnologiyalarni tushunadigan ularni ishlata oladigan, ko'rsatilgan texnologiya bo'yicha mahsulot yarata oladigan kadrlar tayyorlashni ham obyektiv zarur qilib qo'ydi. Mutaxassis kadrlarning qay darajada bilim olishi, ko'nikma mahoratiga ega bo'lishi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini ko'p jihatdan qanday tashkil etilishiga bog'liq. Shuning uchun ham ko'plab peda­goglar o'quvchi talabalarga nimani o'qitish, o'rgatish kerak, qanday o'qitish, o'igatish kerak? degan savol qo'yib, unga javob topish uchun tinimsiz izlanishlar olib boradilar. Pedagog olimlar va amali- yotchilar ishlab chiqarish texnologiyasini nazarda tutgan holda o'quv jarayonini ham «texnologiyalashtirishga», ya’ni o'qitishni natijasini kafolatlangan o'ziga xos texnologik jarayonga aylantirishga urinadi- lar. Natijada pedagogikada yangi yo'nalish — pedagogik texnologiya, xususan, o'qitish va tarbiyalash texnologiyasi paydo bo'ldi.
Pedagogik texnologiya — bu ta’lim samaradorligini oshirish uchun qo'llaniladigan hamda pedagogika nazariyasi va amaliyoti- ning barcha sohalari bilan o'zaro bog'liq bo'lgan o'qitish shakllari, metodlari, vositalari, unga yondashuvlar, tizimlar, konsepsiyalar, tendensiyalar, g'oyalarning fanlararo o'zaro birikib yagona majmua tarzida ifodalanishini bildiradi.
Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy rav­ishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o'qitish «og'zaki — audiovizual — dasturlash - multimedia — gipermedia» ketma-ketligi bo'lib almashindi.
Pedagogik texnologiyaning e’tirof etilishi davrini to'rt bosqichga bo'Iish mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling