Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyani e’tirof etishning to‘rtinchi davri davom etmoqda. Bugungi kutida pedagogik texnologiya fanlararo bog'lanishni amalga oshiruvchi jarayon sifatida tan olinmoqda.
1998-yiIi YuNESKO tashkilotchiligida «XXI asrda oliy ta'lim: yondashuvlar va amaliy tadbirlar» mavzusida o'tkazilgan jahon an-
jumani Deklaratsiyasi yangi asrda oliy ta’limga bo‘lgan talab misli ko'rilmagan darajada o‘sib borishi, ya’ni yosh avlodning yangi bilim, g‘oya va ko'nikmalarni egallashi, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy taraqqiyotda uning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini keng- roq anglashga intilish kuchayishini ta’kidladi.
Pedagogik texnologiya mohiyati jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi. Chunki har bir texnologiya o'z xususiy sohasi, metodlari va vositalariga ega. Ma’lum «material» bilan ish ko‘radi. Biroq, pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq. Bilim olish, ta’lim berish sohasi sifatida murakkab va-hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, axborot va boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Uning eng asosiy o'ziga xos tomoni, uning «materiali» - inson.
Pedagogik texnologiya va inson kapitaliga investitsiya tushun- chalarining hayotga kirib kelishini deyarli bir davrda yuz berishi bejiz emas. Chunki har ikkisi ham sog‘lom mustaqil fikrlay oladigan, vaziyatni to'g'ri baholab, samarali variantni farqlay biladigan, tanlagan mutaxassisligi bo'yicha talabga muvofiq malaka, ko'nik- maga ega bo'lishning obyektiv zarurligini ko'rsatuvchi, ta’kidlovchi tushunchalardir. Pedagogik texnologiyaning mohiyati, unga asoslanib dars jarayonini tashkil etish haqida kamida yarim asr davomida ilmiy munozaralar olib borilyapti. Bu munozaralar-ning mazmuni, natijasi turli mualliflar pedagogik komissiyalar va uyushmalaming ta’rifu tavsiflarida o'z aksini topdi. Bir guruh mualliflar pedagogik tex- nologiyani o'qitishning zamonaviy vositalari majmuasi deb hisoblashsa, boshqalari kommunikatsiya jarayoni, uchinchi guruhda- gilar o'qitish jarayoni va vositalarining bir butunligi deb qarashadi.
AQSh pedagogik texnologiyalar va kommunikatsiyalar uyush- masi 1979-yili pedagogik texnologiyalarning ma’nosi to'g'risidagi munozaralarga yakun yasab, uning rasmiy ta’rifini e’lon qildi. Bu ta’rifga ko'ra pedagogik texnologiya odamlarning g'oyalarni, bilimlarni o'zlashtirishi, ta’lim olishni rejalashtirish, ta’minlash, baho- Irsh va boshqarish faoliyatini tashkil etish metodlari va vositalarini o'z ichiga qamrab olgan majmuaviy integrativ jarayondir.1 Lekin hozirgi paytda ham bu haqdagi munozaralar to'xtagani yo'q.
Mashhur pedagog olim Bespalko V.P. pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik mu-
Do'stlaringiz bilan baham: |