Navbatdagi bosqich, mazmunni tushunish, anglashdan iborat. Unda 15—20 daqiqa davomida ma’ruza qilinadi. Bu bosqich- ning asosiy vazifasi talabalarning yangi materialni tushunishlarini ta’minlashdir. Bunda o'qituvchi talabalarga turli savollar bilan murojaat etadi, masalan: .
Sizning uchun hozir eshitganlaringizning qay biri yangilik bo'ldi?
Eshitganlaringiz bo'yicha sizning fikringiz qanday?
Sizda eng katta taassurot qoldirgan nima? — kabilar.
Tafakkur bosqichida olingan bilimlar mustahkamlanadi. O'rganilayotgan masala bo'yicha talabalarning o'z tushunchalari shakllanadi. Ma’ruza eshitgach, ularning bilimlari kengayib, mustaqil fikrlaydilar, o'z flkrlarini eshitganlari bilan taqqoslaydilar. Bu bosqichda talabalarga flkrlarini tahlil qilishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Ular turlicha bo'lishi mumkin.
«Bu haqda siz nima deb o'ylaysiz?» «O'zingiz bilganlar bilan yangi olgan axborotingiz qay darajada bog'landi?» yoki «Yangi g'oyalar bilan sizning qarashlaringiz qanday o'zgardi?» va hokazo tarzidagi savollar berish yoki test yechish, so'rov kartasini to'ldirish,
Do'stlaringiz bilan baham: |