§. Talabalarga maqsadga yo'naltirilgan savollar asosida dars o4ishning tutgan o‘rni
Dars o'tishda eng ko‘p qo'llaniladigan metodlardan biri darsni talabalar diqqati, fikrini jamlovchi, qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan savollar asosida olib borishdir.
Iqticodiy fanlar bo'yicha amaliy, jumladan, seminar darslarida atroflicha suhbat yoki aniq maqsadga yo'naltirilgan savol-javob asosida dars o'tish keng qo'llaniladi.
Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o'z fikrini asoslash ko'nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega.
O'quv rejasi bo'yicha savol-javoblar yordamida talabalar o'quv jaiayoniga jalb etiladi. Shu yo'l bilan talabalarda fikr-mulohaza yuritish, o'z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg'otiladi. Chunki, talabalar bir tomondan savollarga javob berishadi, ikkinchi tomondan esa o'zlari savol berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Savolni to'g'ri berishning o'zi fikrlay bilishdan dalolat beradi. Shuning uchun darsda faqatgina o'qituvchi emas, balki talabalar ham bir-birlariga savol bilan murojaat qilishlari, ayniqsa, kichik guruhlarga bo'linib dars o'tganda o'zaro fikrlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar talaba savol berishni o'rganmasa, o'zining bilimi
sayozligi haqida o‘yJab ham ko'rmaydi. Biz savol tuzib, unda o‘z fikrimizni ifodalashimiz tufayli boshqalarni ham o'ylashga, o‘rganishga undaymiz.
0‘qituvchining savoli talabalarni fanni o'rganishda boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan savollar, ularning mohiyati va vaziyatga ko‘ra qo‘llash, talabalarni tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin.
Bunday metod asosida amaliy dars o‘tganda o'quvchi-talabalar soni 25—30 nafardan oshmagani, ular iloji boricha bir-biriga nisbatan yuzma-yuz o'tirgani ma’qul. Eng maqbul holat «Р» shaklida joylashtirishdir, lekin hamma vaqt ham bunday shaklda dars o‘tkazib bo'lmaydi. Sababi, ko'pincha bunga imkoniyat yo'q. Ko'pgina ilg'or pedagoglarning fikricha, stollami «archa* shaklida joylashtirgan ma’qul. Bunda har bir talaba o'qituvchiga nisbatan yarim burilishda joylashadi. Savol-javob, davra suhbati tarzida dars o'tilganda stollarni yarim doira shaklida joylashtirish mumkin.
0‘quvchi-taIabalarni joylashtirish:
Do'stlaringiz bilan baham: |