O’qituvchi
Hamma vaqt ham auditoriya talabga javob beradigan darajada bo‘lmasligi mumkin. U holda imkoniyatga, talabalar joylashishini dars o'tishda qo'llaniladigan metodga ko'ra, ta’minlashga harakat qilinadi.
O'qituvchi talabalarda shunday qiziqish uyg'otishi kerakki, uning rahbarligida o'quv materiali butun guruh tomonidan birgalikda o'rganilishi, muhokama qilinishi, ishlab chiqilishi kerak.
Dars muvafTaqiyatli o'tishi uchun o'qituvchi tomonidan auditoriyada ijobiy atmosfera yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Har bir talaba o'z fikrini, tug'ilgan savollarni bemalol ayta olishi hamda
darsda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun faol qatnashishi kerak.
O'qituvchi esa savollar yordamida butun guruhga bir xilda ta’sir qilishga, qo'yilgan savollarga, muammolarga hech bo'lmaganda qoniqarli javob olishga harakat qilishi kerak.
O'quv rejasi bo'yicha xilma-xil savollar orqali talabalar bilan atroflicha suhbat o'tkazish o'qituvchidan chuqur, maxsus bilim, oxirgi yangiliklar, o'zgarishlardan xabardor bo'lishni talab qiladi. Chunki o'qituvchi talabaning har qanday savoliga javob berishga tayyor bo'lishi kerak. O'qituvchi dars jarayonida nafaqat talaba bilan hamkorlikka tayyor turishi, balki hamkorlik qilishi kerak. Shundagina dars berishdan qo'yilgan maqsadga izchillik bilan er- ishiladi.
Maqsad esa quyidagilar:
Belgilangan vaqt davomida o'quv materiallarini o'rganish va xotirada saqlab qolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |