D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 1.26 Mb.
bet77/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

So‘zsiz savollar o'qituvchining qarashi, mimikasi, imo- ishorasi bilan beriladi. U auditoriyada talabalar o'rtasida diqqat- e’tibor, jiddiylik tug'diradi. Bu holda o'qituvchining yuzida, imo- ishorasida xayrixohlik ifodasi bo'lmasa, talaba noto'g'ri javob ber- dimmi, degan xayolda esankirab, sarosimaga tushib qolishi mumkin.

Savollarni tuzish va uni talabalarga berishdan qo'yilgan maqsadga ko'ra — taxmin, sintez qilingan savollar, sharhlashga doir, qo'llashga doir savollar bo'lishi mumkin.
Savollar bilan bir qatorda xohish, istak tug'diruvchi so'zlardan ham foydalanish mumkin. Bunday so'zlar talabalarning bildirayot- gan fikriga, gapirishiga turtki beruvchi yoki qisqa mulohaza, masla­hat tarzidagi masalan, «ha», «davom eting», «to'g'ri», «shunday qilib», «to'g'rirog'i», «aniqrog'i» kabilardir. Ko'pincha bunday ta’kidlar keng fikrlash imkonini berib, nisbatan yaxshi natijalaiga erishishga olib keladi. Bunday savol esa, fikr doirasini anchagina cheklaydi va qisqa mulohaza, do'stona ohangda yoki iltimos shak­lida ifodalanadi. Ular ko'rsatma tariqasida «asoslab bering», «xulosa chiqaring», «yakun yasang», «xarakterlang» va hokazo tarzida




ifodalanadi. 0‘qituvchi doimo o‘z oldiga qanday savol berish kerak yoki qanday qilib to‘g‘ri savol bersam bo'Iadi, degan masalani qo‘yadi. Masalani quyidagicha hal qilish mumkin:

  • Savolni barcha talabalarga berish, butun auditoriya oldiga qo‘yish kerak. Hamma talabalar o‘ylab ko'rsin. Ma’lum pauzadan so‘ng aniq bir talaba javob berishga chiqishi mumkin.


  • Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling