D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari
Kichik guruhning har bir a’zosi: o'rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi; guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo‘yin tortmasligi kerak; zarurat bo'lganda yordam soiashi; undan yordam so‘rashganda, boshqalarga o‘z yordamini berishi; guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi; o'zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi; topshiriqni bajarishda, aniq vazifalarini bilishi kerak. Har bir kichik guruhning yetakchisi tayinlangani ma’qul. Ularni passiv, o‘z fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o'zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash mumkin. Yetakchi turli funksiyalarni bajarishi mumkin, kichik guruh a’zolarining topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim. Yetakchilar guruhning har bir a’zosini individual hissasini, rolini ko'rsatib berishlari kerak. Iloji boricha barcha o'quvchi- talabalarni yetakchi rolida sinab ko'rgan ma’qul. Kichik guruhlarga boiinib dars o'tish uslubining bir necha modellari-variantlari mavjud. Ular talabalarning o'quv materialini o'zlashtirish natijasini yaxshilashga qaratilgan. Juftlik ham o‘ziga xos, ikki kishidan iborat kichik guruh. Unda topshiriqlar juftlik o'rtasida tayyorlanadi, muhokama qilinadi. Guruhni juftlikdan iborat eng kichik guruhga bo'linib ish- lashining afzalligi shundaki, ular bir partada o'tirishadi. Topshiriqni bajarish, muhokama qilish, maslahatlashish uchun alohida joy, xonaning keragi yo'q. Savol-javob, mashq (ayniqsa, to‘g‘ri/noto‘g‘ri)larni bajarishda darsni juftlik asosida tashkil qilish samarali bo'lib, talabalarni faollashtiradi, o'z fikrini himoya qilish, asoslashga o'rgatadi. Kichik guruhlardagi talabalar soni ixtiyoriy bo'lib, uni o'qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda o'zi belgilaydi. O'quv adabiyotlaridagi «5x5» yoki «6x6», «7x7» metodlari haqidagi bildirilgan fikrlardan umumiy xulosa chiqaradigan boisak, ularning
Bunda o'qituvchi biron bir material yoki o‘tilgan darsni qisqacha tushuntirib, talabalarga topshiriq beradi. Topshiriq masala, inashq, savolga javob va boshqa shakllardagi nazorat ishi boiishi mumkin. Topshiriq komandalar ichida muhokama qilinadi. Keyin o‘rganilgan mavzu bo‘yicha har bir komanda a’zosi individual tarzda nazorat ishi yozadi. Har bir talabaning ballari jamlanib, umumiy komandaning bali chiqariladi. U shaxsiy va komanda to'plagan ball bilan taqqoslanadi. Komandalarning olgan o'rinlari - aniqlanib, to'plangan balga ko'ra rag‘batlantiriladi. Ikkinchi modelda musobaqa (tanlov) o‘tkaziladi. Bunda komanda a’zolari boshqa komanda a’zolari bilan musobaqalashib ochkolar to‘plashadi. Uchinchi model, mozaika modeli deb ham ataladi. Bu model ko‘proq katta guruh, aytaylik, 25—30 tadan talaba bor guruhlarda qo‘llangani ma’qul. Guruhdagi talabalar soni bo'yicha 0‘qituvchi har bir koman- daga 5 yoki 6 tadan talabani jalb qiladi. Har bir komanda tarkibidagi talaba soniga qarab, 5—6 savol yoki qismdan iborat materialni o‘rganish uchun topshiriq beriladi. Har bir komandadan bir kishi bitta qismni yoki savolni o'rganadi. Turli komandalardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig‘ilib, o‘quv topshirig‘ini muhokama qiladilar. Bu guruhlarni ekspeit guruhlari deb ataladi. Asosiy guruhlarni alfavitdagi harflar bilan talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz. Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. 0‘qituvchi ularni 6 tadan 5 ta guruhga (А, В, V, G, D) boiadi. Birinchi guruh A, undagi talabalar Al, A2, A3. A4, A5, A6, ikkinchi guruh B, undagi talabalar Bl, B2,BZ, B4, B5, B6 va hokazo tarzida boiinadi, Har bir talaba o‘zining raqami bo‘yicha asosiy komandasidan, ya’ni haif bo‘yicha o‘quv materialining ma’lum qismini yoki savolni 0‘rganish bo‘yicha topshiriq oladi. So‘ngra mutaxassislar guruhida (raqamlar bo‘yicha) barcha 1 yoki 2 va hokazo raqamlar asosida yangi guruh tashkil bo'Iadi. Ya’ni mutaxassislar komandasi Al, Bl, VI, Gl, Dl, ikkinchi komanda A2, B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi komanda hosil bo'Iadi. Har bir asosiy komandadan bir xil raqamdagi, lekin harfi har xil komanda a’zolari to‘planib, o‘zlariga berilgan savol, topshiriqni muhokama qiladilar. So‘ngra har kim ekspertlar guruhi- dan o'zining asosiy guruhiga qaytadi. Guruhning har bir qatnashchisi ekspertlar guruhida o‘zi o'rgangan masalani gapirib beradi. Guruhning har bir qatnashchisi diqqat bilan o‘rtoqlarining fikrini eshitishga harakat qiladi. Chunki, berilgan topshiriqni bajarishning yagona yo‘li o‘rtoqlarining fikrini diqqat bilan tinglab, tahlil qilib, so‘ngra gapirib berishdir. Undan tashqari, har bir talabada o‘z topshirig‘ini mufassal bajarish uchun stimul mavjud. Sababi, u berilgan savol, topshiriqni o‘rtoqlari qay darajada o‘zlashtirishlariga mas'ul. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishdagi to‘rtinchi model avvalgi modellardan birmuncha farqlanadi. Bu modelda kichik gu- mhdagi har bir talaba berilgan topshiriqni awal alohida o‘zi ba- jarib, fikrini seminar daftariga yozadi. So‘ngra guruh birgalikda hammaning fikrini o'rganib chiqadi. Kichik guruh nomidan yagona javob tayyorlanadi, darsda barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va guruhni erishgan natijasi baliolanadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling