D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet36/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

MEZONLARI

Avvalgi bobda ta’lim texnologiyasida dars o‘tish metodlari qanday o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik. Dare o‘tish metodlari xilma- xil. Dars o'tishda nima sababdan turli metodlarni qoilash zarur? Sinalgan bir metodni qoilab dars o‘tsak yaxshi emasmi? An’anaviy dars o‘tish va interaktiv dars o‘tish metodlari qay jihat­dan farqlanadi, umuman dars o'tish metodlarini tanlaganda nima- larga e’tibor berishimiz kerak. Navbatdagi bob ana shu masalalarga bagishlangan.

  1. §. Iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda turli metodlarni qo‘llash zaruriyati

Hozirgi paytda, awal ta’kidlab o'tganimizdek, dars o'tishdan asosiy maqsad tayyor bilimni o'zlashtirish emas, eng asosiysi, o'quvchi-talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish- dir. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o'tish me­todlarini tanlashga bog'liq.

Har qanday fanni o'rganishda turli metodlar qo'llaniladi. Bu­ning sababi, birinchidan, dars o'tishda turli uslublarni qoilash uni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi, talabalarning diqqati o‘tilayotgan darsni o'zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o'tilaverishi talabalarni zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko'ra har qanday mohir o'qituvchi ham bir xil metodni qoilab dars berar ekan, ay- taylik, ma’ruza o'qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, so'ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda xayolga berilib ketar ekan.

Ikkinchidan, talabalarning darsni o'zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo'lib, turli uslublarni qoilashgina o'tilayotgan mavzuni talabalar tomonidan nisbatan toiiq o'zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimni o'zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.



Uchinchidan, dars o'tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi.

Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim ber- ishning eng samarali yoii, dars o‘tishga turli metodlarni qo'llash zarur degan fikr tarafdori boiib, aynan qaysi metod qaysi kategori- yadagi talabalar uchun qo'llanilishi ma’qulligi bo'yicha esa yagona qolip yo‘q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar(sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi. "


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling