D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Savollarga asoslangan dars o‘tish metodi va uning usullari


Download 0.89 Mb.
bet78/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

§. Savollarga asoslangan dars o‘tish metodi va uning usullari

Ko‘rib o‘tdik-ki, savol-javob metodi eng ko‘hna, shu bilan birga eng universal, eng ko‘p qo‘llaniladigan metod. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu metodni qo'llash orqali:

  1. O'quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash.

  2. Yangi o‘quv materiali bilan tanishtirish.

  3. Egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish.

  4. Egallagan bilimlarni qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng ke- ladigani yo‘q.

  5. Tahliliy hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ham amalda savollar yordamida erishiladi.

Ko'pincha darsda savol-javob metodini qo'llashga an’anaviy metod sifatida qaraladi. Bunga sabab, uni savol berish va berilgan savol doirasida javob kutilib, o‘quvchi-talabaning fikrlashini shu savol doirasida cheklanishi tarzida qaralsa, ikkinchidan, uzoq vaqt darsni og‘zaki-ko'rgaz/nali yondashuv asosida tashkil etilishidir. Unga asosan dars o‘qituvchining axborot berishi, o‘quvchi-





talabalarning bilimni qabul qilishi, to'plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. «Bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan ax­borot ma’nosida tushuniladi. Bunday bilimlar, ularni qo‘llay olish ko‘nikmalari (shu axborotga doir berilgan savolga bergan javobiga qarab) orqali tekshirib ko‘riladi. Ular xotira tubida saqlangan bo‘ladi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, faqat unga qaratilgan lo‘g‘ridan-to‘g‘ri savol qo'yilganda esga olinadi. Qayta esga olish darajasidagi bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi. Talaba savol berilganda uni eslashi, ba’zan esa umuman eslay olmasligi ham mumkin.

Lekin savol-javob metodining imkoniyati nihoyatda katta. Chunki, mustaqil fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, savol o'quvchi-talabani o'ylashga majbur qiladi, izlanishga yo'naltiradi.

Shuning uchun iqtisodiy fanlarni o'rganishda aniq maqsadga yo'naltirilgan savol-javob asosida dars o'tish keng qo'llaniladi.

O'quv rejasi bo'yicha savol-javoblar yordamida talabalar o'quv jarayoniga jalb etiladi. Shu yo'l bilan talabaiarda fikr-mulohaza yu­ritish, o'z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg'otiladi. Chunki, talabalar bir tomondan savollarga javob berishadi, ikkinchi tomondan esa o'zlari savol berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Shu bilan birga ustuvor darajada savol va javoblarga asoslangan dars o'tish usullari ham talaygina. Ulardan biri — savol-javob me- todidir. Uni turli usullar asosida o'tkazish mumkin.

Qisqacha savol-javob (blits so'rov-javob) usuli.

Bu usulda o'qituvchi qanday maqsad qo'yishiga qarab, qisqa savollar tayyorlaydi. Talabalardan ham qisqa, lo'nda javob berishni talab qiladi. Uni turlicha o'tkazish mumkin Bu metodni qo'llash uchun o'qituvchi oldindan uni qanday variantda qo'llashini hisobga olib savol va ularni javobini tayyorlab qo'ygani ma’qul. Agarda darsni blits savol-javob tarzida tashkil qiladigan bo'lsa, muvofiq ravishda o'quvchi-talabalarga aniq, lo'nda javob berish zarurligini uqtiradi. Bunda savollarni guruhdagi o'quvchi-talabalar soniga qarab tayyorlash mumkin. Masalan, bunday usulni qo'llashni kasb- hunar kollejlarida «Iqtisodiyot asoslari» fanidan «Talab va taklif, bozor muvozanati» mavzusini o'tishda qo'llashni rejalashtirdik, deylik. Savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:


«Talab va taklif, bozor muvozanati»ni o'rganishda blits savol- javob o'tkazish uchun o'qituvchi tomonidan tayyorlangan savol­lar:

  1. Talab nima?



  1. Talab egri chizig'i deganda nimani tushunamiz?

  2. Talab qonuni qanday qonun?

  3. Talab elastikligi nima?

  4. Taklif deganda nimani tushunamiz?

  5. Taklif egri chizig'i nimani ifodalaydi?

  6. Taklif qonunining ta’rifini aytaolasizmi?

  7. Taklif elastikligi deganda nimani tushunamiz?

  8. Talab va taklif muvozanati qanday muvozanat?

  9. Bir-birini to'ldiruvchi tovarlar deganda qanday tovarlarni tu­shunamiz?'

  10. Talab o'zgarishi nimani ifodalaydi?

  11. Talab miqdorining o'zgarishi-chi?

  12. Bozor muvozanatini qisqacha ta’riflab beraolasizmi?



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling