D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Buning uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Aytaylik, setkani bir kichik guruh quyidagicha to'ldirgan bo'lsin
Download 0.89 Mb.
|
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Buning uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Aytaylik, setkani bir kichik guruh quyidagicha to'ldirgan bo'lsin:
0‘qituvchi javoblarni eshitib, o'yinni yakunlar ekan, tala- balaming ishtirokini baholaydi. Agarda talabalarni kichik guruhlarga boiib dars o'tish, bunday taizda modellashtiruvchi o‘yin o'tkazish nisbatan ko‘p vaqt talab etsa, g'ala-g'ovur ko'payib ketsa, o‘yinni boshqacha tarzda o'tkazish mumkin. Bunda o'qituvchi bir necha kitob, gazeta, jumallami stol ustiga qo'yib, talabalar ichidan ixtiyoriy ravishda o'yinda qatnashishni xohlagan talabani tanlaydi. Unga bor puli miqdorida ular ichidan birini tanlashni taklif qiladi. Aytaylik, Nigora «Saodat* jumalini tanladi. Agarda puli yetganda «Darakchi» gazetasini ham olgan boiardi. Demak, Nigora uchun «Saodat» jumalining muqobil qiymati «Darakchi» gazetasi. Bunda o'qituvchi auditoriyaga «Saodat» jur- nalining muqobil qiymati nima? Nima sababdan «Darakchi* gazetasi jumalning muqobil qiymati bo'Iadi?, degan savol bilan murojaat qilishi mumkin. Nigora nima sababdan «Darakchi* gazetasini olmay, «Saodat* jurnalini tanlaganining sababini aytib berishi kerak. Buning uchun auditoriya bilan birgalikda doskaga yoki proek- tor bo'lsa, slaydga qaror qabul qilish setkasi chiziladi. Setkada muqobil variantlar, ya’ni gazeta, kitob, jumallaming nomlari ko'rsatiladi. Tanlash mezonlariga nima sababdan, qaysi xususiyatiga ko‘ra tanlanishi ko'rsatiladi. Keyingi raundda esa avvalgi kichik guruhlar bilan o'tkazilgan modellashtiruvchi o‘yinimizdagidek, butun guruh uchun bitta kitob yoki jumal qoldirib, uni talabalar o'rtasida qanday taqsimlash mumkinligini muhokama qilamiz. Har bir talaba qaror qabul qilish setkasini toidirishi mumkin. O'qituvchi talabalar uni qanday toidirishganini ko'rib chiqib, 3—4 talabadan qanday qarorga kelganini gapirib berishni taklif qiladi. Agar guruhda hissiyotga beriladigan talabalar ko'p bo'lib, modellashtiruvchi o'yin o'tkazganda auditoriyada g'ala-g'ovur kuchayib ketadigan bo'lsa, quyidagi topshiriqni berish mumkin. Aytaylik, XP-90, 96 guruhi talabalari yangi yil balini o'tkazishga qaror qildi. Xarajatlar uchun esa o'rtada 120 ming so'm pul yig'ildi. Guruh shu puldan kam xarajat qilishi mumkin, lekin ortiq emas. Guruh tadbirni ko‘ngil!i o'tkazish uchun: biror badiiy guruhni taklif qilishi; biror xonani ijaraga olishi; xonani bayram ruhida yasatishi, alkogolsiz ichimliklar, tamaddi qilish uchun yengil ovqat, shirinliklar olishi mo‘ljalIanmoqda. Talabalar tomonidan saylangan mas’ul ketigash quyidagi ax- borotlami e’lon qildi: Tadbirni o'tkazish uchun taklif qilish mumkin boigan badiiy guruhlar: «Rayhon» guruhi — oddiy, arzon, baland tovushli musiqa, 10000 so'm; «Hisobchi» guruhi — hozirgi zamon qo'shiqlari va musiqa 15000 so'm; «Toshkent» guruhi — estradaning pop yo'nalishida 20000 so'm; «Anor» guruhi — 22000 so'm; Klassik va estrada qo'shiqlarini ijro etuvchi guruh — 26000 so'm. Tadbirni o'tkazish uchun xona: Fakultetning sport zali — 2000 so'm. Iqtisodchilar klubi — 5000 so'm. Madaniyat saroyi —5500 so'm. «Guliston» xususiy oshxonasi — 5700 so'm. «Internet» klubi — 5800 so'm. Yengil tamaddi qilish uchun yaxna ovqat, salat, shirinliklar, mineral suvlar. Talabalarning o'zlari buterbrod, pechene, tort tayyorlashlari, zalga bezaklar yasashlari — 20000 so'm. Tayyor buterbrod, turli suvlar va oddiy bezaklar sotib olib kelish — 25000 so'm. Tayyor buterbrod, pechene, tort, oddiy bezaklar sotib olib kelish — 30000 so'm. Tayyor buterbrod, pechene, tort, turli suvlar, chiroyli bezaklar sotib olib kelish — 60000 so'm. 0‘ituvchining vazifasi — talabalarning yuqorida sanab o'tilgan san’atkorlar guruhlaridan qaysi birini chaqirishlarini, zalni qayerdan ijaraga olishlarini, ovqatlar, ichimliklar va bezaklar olishlari uchun qaror qabul q lish setkasini to'ldirishlarini nazorat qilish. Har bir talaba yoki kichik guaih nima sababdan aynan tanlagan tadbiri uning uchun eng ma’qul ekanligi sababini izohlab berishi kerak. Bu topshiriq bajarilgach, o'qituvchi auditoriyaga quyidagi savolni tashlaydi: «Sizning oilangiz ham tanlash bilan bog'liq vaziyatga duch keladimi? U nimasi bilan o‘xshash, qaysi tomonlari bilan farq qiladi?» Yoki muqobil qiymat, tanlashni tushuntirishni eng oddiy, oson yo‘lidan foydalanish mumkin. Buning uchun auditoriyaga 0‘qituvchi muhokama qilinayotgan mavzuga taalluqli savol tashlaydi. Aytaylik, nima sababdan ehtiyojlar cheksiz? Kim birinchi bo‘lib javob bersa mukofot: qalam, o‘chirg‘ich, ruchka. Javob ber- gan talaba shulardan birini tanlashi kerak. Talaba albatta, buyumlardan o‘zi uchun kerakli deb hisoblaga- nini oladi. Aytaylik, u ruchkani olsin. O'qituvchi undan nima sababdan ruchkani olganini so‘raydi, Talaba ruchkasi yo'qligi uchun olgan bo‘lsin. U holda 0‘qituvchi ruchkasi bo‘lganda nimani olishi mum- kinligini so'raydi. U qalam deb javob bersin. Demak, talaba uchun ruchkaning muqobil qiymati qalam bo‘layapti. Chunki, u ruchkadan keyin qalamni eng ko‘p naf keltiradigan narsa sifatida baholayapti. Uning uchun tanlash va qaror qabul qilish mezonida asosiy zarurat turibdi. Boshqa talaba uchun esa tamomila boshqacha bo'lishi mumkin. Buni ikkinchi talabaga savol berib, aniqlash mumkin. Seminar darsining talabalarda bilim, iqtidor, nutq so‘zlash, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni shakllantiradigan uslublaridan munozaradir. Bunday usul bilan dars o'tish o'qituvchidan katta tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. Tanlash va qaror qabul qilish muammosi bu borada keng munozara maydoni hosil qilishga imkon beradi. Chunki, har bir talabaning variantlami baholash me- zoni ikkinchisinikidan farq qiladi. Navbatdagi savol «Iqtisodiyotning bosh muammosi» boiib, bu savol mazkur mavzuning asosini tashkil etadi. Resurslar cheklanganligi o'z navbatida imkoniyatlar, tovar va xizmatlar, daromadlar cheklanganligiga olib keladi. Bu esa liar bir faoliyatda tanlash za- ruratini taqozo qiladi. Biror qarorga kelish uchun, deylik, har kim o‘z imkoniyati, daromadlari va vaqtiga qaraydi. Aslida butun jamiyat oldida ham shu muammo turadi. Har doim imkoniyatdan birini tanlar ekanmiz, ikkinchisi amalga oshishidan mahrum boiamiz. Tanlaganda esa xayolan ularni bir-biriga taqqoslaymiz. Biz uchun nisbatan eng yuqori naflikni tanlaymiz. Hozirgi paytda juda ko‘p iqtisodchilar: «resurslar cheklanganligi», «tanlov», «muqobil (altemativ) qiymat»ni iqtisodiyot nazariyasi tayanadigan uclita katta kit tarzida tasvirlashadi. Bu bejiz emas, chunki iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi shuni talab qiladi. Savolni muhokama qilish jarayonida nima sababdan resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtisodiyotning bosh muammosi ekanligini talabalar tushunib yetishi zarur. U barcha muammolarni qanday qamrab olishini misollar bilan ko'rsatish kerak. So'zga chiqqan talaba bu haqda to'xtamasa, o'qituvchi unga qo‘shimcha savollar bilan murojaat qiladi. Savolni suhbat yoki savol-javob usuli bilan muhokama qilish mumkin. Bunda talabalar diqqatini avvalgi muhokama qilingan savollarga qaratib, ular asosida xulosa chiqarish zarur. Savollar: Nima ishlab chiqarish, ya’ni qanday tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni yo'lga qo‘yish kerakki, u jamiyat ehtiyojlarini imkoniyatning eng yuqori darajasida qondirsin? Qancha ishlab chiqarish, ya’ni tasarrufdagi resurslarni qanchasini ishlab chiqarishga jalb qilish hamda qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerak? Mahsulotni qanday ishlab chiqarish kerak? Ishlab chiqarishni qanday tarzda tashkil etgan, qanday texnologiyadan foydalan- gan ma’qul? Ishlab chiqarilgan mahsulotni kim oladi? U iste’molchilar o‘rtasida qanday taqsimlanishi kerak? Tizim yuz beradigan o‘zgarishlarga moslanishga layoqatlimi? U iste’molchilar talabi, resurslar taklifi, shuniilgdek, texnologiyaning o'zgarishiga moslasha oladimi? Bular iqtisodiy faoliyatning besh fundamental masalasi bo‘lib, ular iqtisodiyotning bosh muammosidan kelib chiqadi. Har biri tanlovni va qaror qabul qilishni talab etadi. Mikromiqyosda uning yechimi har bir oila, korxona, firma, tashkilot qaroriga bog'liq bo'lsa, jamiyat miqyosida esa davlat qaroriga bog'liqdir. Savolni muhokama qilish jarayonida talabalar diqqatini kela- jakdagi taraqqiyot ana shu tanlov va qabul qilingan qarorlarga bog'liq bo'lishiga, u iqtisodiyotning regressiv, doiraviy, progressiv tarzda rivojlanishga olib kelishiga diqqatni tortish zarur. Darsga yakun yasash. O'qituvchi darsni yakunlar ekan, talabalarga «Kimda qanday savol bor?» - deya murojaat qiladi. Tala- balarning savoli bo'lsa, o‘qituvchi javob beradi. So'ngra guruhning seminar darsiga tayyorgarligini baholaydi hamda eng faol qatnash- ganlarni alohida ko'rsatib, ular to‘plagan ballni e’lon qiladi. Kelgusi seminar darsi «Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish» mavzusi bo'yicha bo'lishi, darsga «Seminar mashg‘ulotlarining rejasi» bo'yicha tayyorlanib kelish topshiriladi. Bundan tashqari o'tilgan darsni, o'rganilgan kategoriyalarni yanada yaxshiroq eslab qolish uchun tarqatiladigan material orqali quyidagi topshiriq talabalarga uy vazifasi qilib beriladi. Topshiriqni kichik guruhlar birgalikda bajarishi tavsiya qilinadi. 7-tarqatiIadigan material Respublikamizdagi 12 viloyat va Qoraqalpog'iston Respublikasida ishlab chiqarish imkoniyatlari turlicha. Siz tadbirkor sifatida bo- lalar kiyim-kechagi tikadigan kichik korxona qurmoqchisiz. Uni qaysi viloyatga yoki tumanga qurgan bo'Iar edingiz? Sababini izohlang. Tanlov mezonlari: ish haqi, yuqori malakali kadrlar bor-yo‘qligi, ishchilar malakasi, transport, aloqa, aholining tarkibidagi bola- larning hissasi, bozor hajmi, bolalar kiyim-kechaklarining narxi va boshqalar. Respublika bo'yicha real ma’lumotlardan foydalanishga harakat qiling: topshiriqni har bir kichik guruh (4—5talaba) alohida bajaradi; har bir kichik o‘z tanlovi va qabul qilgan qarorini asoslab beradi; javob yozma bo‘lishi kerak. O'qituvchi kelgusi darsda javoblarni yig'ib oladi va tekshirib chiqib, talabalar ishini baholaydi. Umuman olganda, seminar darsi turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli bo'lib, barcha talabalarni faol qatnashishga, demak, darsga qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi. 3-§. Seminar darsini texnologik yondishuv asosida tashkil etish Seminar darsini turli metodlarni qo'llab tashkil etishni ko'rib chiqdik. Darsni texnologik yondashuv asosida tashkil etish bu jihatdan birmuncha farq qiladi. Unda seminar darsi o'tishning texnologik xaritasi tayyorlanib, barcha savollar muhokamasi qanday
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling