D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Darsning qisqacha tafsiloti


Download 0.89 Mb.
bet73/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Darsning qisqacha tafsiloti

  1. Tashkiliy qism

Talabalar bilan salom-alik qilinadi. 0‘qituvchi auditoriyada za­rur jihozlar bor-yo‘qIigini ko’zdan kechirib chiqadi. Davomat tek- shiriladi. So‘ngra o'tgan seminar darsida o‘tilgan mavzuini qisqacha takrorlab, yangi mavzuni boshlaydi. Darsning qisqacha maqsadi bayon qilinadi:

0‘tgan seminar darsida biz iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi mavzusini yakunladik. Shu mavzuda biz iqtiso­diy g'oyalaming vujudga kelishi,-iqtisodiy nazariyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, asosiy iqtisodiy maktablarni ko‘rib o‘tdik. Iqti­sodiyot nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy qonunlar, kategori- yalar, hodisalar va ularni o‘rganishning uslublarim birgalashib mu­hokama qildik.

Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligi, davlatning iqtisodiy siyosatining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdagi tutgan o‘rni, normativ va pozitiv iqtisodiy nazariyaning farqini o‘rgandik. Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish va uning muam- molarini aniqlashda iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyatini bilib oldik.

Bugun biz yangi mavzu: «Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyoj­lari» mavzusini muhokama qilamiz.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganishni aynan mana shu mavzudan boshlashimiz bejiz emas, chunki insonning butun hayoti turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.

Bugungi mavzuda biz ana shu ehtiyojlarning tarkibi, ularning cheksizligi, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni cheklanganligi, bundan kelib chiqadi- gan iqtisodiyotning bosh muammosi, tanlov va qaror qabul qilishni zarurati va boshqa masalalarni o‘rganamiz.

Darsga seminar mashg‘uloti rejasi bo'yicha tayyorlanib kelish kerak edi. Darsga hamma tayyormi? - deya so'rab, tayyorlanmay kelganlarni sababini aniqlaydi. Bugungi mavzu muhokamasini boshlaymiz deb, o'qituvchi kirish so'zini tugatadi.


  1. Download 0.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling