D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet9/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

O'qitish, dars berish metodlari:

  1. Axborot berish — bayon qilish.

  2. Tushuntirish.

  3. Ko'rsatma berish.

  4. Tushuntirish — da’vat etish.

  5. Undovchi, da’vat etuvchi.

O'rganish metodlari:

  • Ijro etish.

  • Reproduktiv.

  • Produktiv — amaliy.

  • Qisman ijodiy.

  • Ijodiy izlanishga asoslangan metodlardan iborat.

O'qitish metodlarining polinar tasnifi V. F. Palamarchuk va V. I. Palamarchuk singari tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqii- gan bo'lib, unda ta’kidlanishicha, bilim manbai uning faolligi dara­jasi, o'qish jarayonida olinadigan bilimlarning mantiqiy yo'llari maj- muidan tarkib topadi.

Har bir iqtisodiy fan o'z predmetini umumfalsafiy, umumiqti­sodiy hamda boshqa alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shu fanga xos bo'lgan metodlar yordamida o'rganadi. Fanni o'rganish jarayonida esa nafaqat fanning predmetini o'rganishda qo'llaniladigan metodlar, balki fanni o'rganish, bilish jarayonini tashkil etishda qo'llaniladigan metodlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki o'qitish jarayonida fanni talabalar ongiga yetkazish, ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o'z ustida ishlashga vo'naltirish ko'p jihatdan unda qo'llaniladigan metodlarga bog'liq.

Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni





idrok qilish va o'zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.

Metodlarni fanlarni o'rganishdagi qo‘llashdagi qamroviga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan va xususiy metodlar.

Dars o'tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o'rganishda qo'llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar.

Ayrim metodlarni esa ma’lum turkum fanlarni o'qitislidagina qo'llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara.

Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar yoki usullar bo'lib u o'rganilayotgan fan­ning xususiyatidan kelib chiqib qo'llaniladi.

Dars jarayonida fanni yoki mavzuni o'rganishda umumiylikdan xususiylikka yoki aksincha, xususiylikdan umumiylikka borilishiga qarab ikki katta guruh: deduktiv va induktiv metodlarga bo'lish mumkin. Masalan, buxgalteriya fanini o'rganish buxgalteriya halansini o'rganishdan boshlanadi, ya’ni deduktiv metod qo'llaniladi. Deduktiv va induktiv metoddan foydalanib, mavzuni yoki uzviy savolni muhokama qilislumiz mumkin.

O'qitishning indukliv va deduktiv metodlari — o'quv materiali maznuinining xaiakteri va mantiqini yoritish usulidir.

O'qitishning induktiv metodi — o'qituvchi va q'quvchining turli variantlardagi faoliyatidir. Bunda o'qituvchi awal faktlarni tu- shuntiradi, tajribalarni, ko'rgazmali qo'llanmalami namoyish qiladi, umumlashtirish va tushunclialarni ta’riflash bo'yicha mashqlar ba- jarishni tashkil etadi. O'quvchi-talabalar oldin xususiy faktlarni o'zlashtiradilar, keyin xulosa chiqaradilar va o'quv materialini umumlashtiradilar. Yoki o'quvchilar oldiga xususiy qoidalardan umumiy xulosalargacha mustaqil mushohada yuritishni talab qiladi- gan muammoli topshiriqlar qo'yiladi. Ular faktlar ustida mustaqil fikrlaydilar, ishlaydilar va tegishli xulosalar chiqaradilar, umum­lashtiradilar.

Deduktiv metod — o'qituvchining awal umumiy qoidalarni, ta’riflarni aytishi, keyin navbatma-navbat xususiy hollami, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Bunda o'quvchi-talabalar umumiy qoidalarni idrok qiladilar, formulalarni o'zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni o'rganadilar.

Agar shu metodlar taqqoslansa, o'quvchi-talabalar o'zlari mu­shohada yuritib, faktlar, raqamlar, ma’lumotlami umumlashtirish,







mustaqil xulosa chiqarishni o'rganishlari nuqtayi nazaridan induktiv metod foydaliroqdir. Deduktiv metod o'quv materialini tezroq o'tishga yordam beradi, lekin bunda mustaqil fikrlash yaxshi rivoj- Ianmaydi, mavhum fikrlash faolroq rivojlanadi.

Induktiv va deduktiv metod barcha fanlar uchun umumiy bo'lib, mavzu yoki savolni o'rganishda uning xususiyatlariga ko‘ra qaysi birini qo'llashni o‘qituvchi tanlaydi. Barcha fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan dars o'tishning savol-javob, suhbat, tarqatma maleriallardan foydalanish kabi umumiy metodlari borki, ularni qo'llashda albatta fan, mavzu, uzviy savollarni o'rganishning maqsali, mazmuni hisobga olinadi.

Bilishning bosqichlariga ko‘ra talabaning fikrlash doirasi, qo- biliyatini hisobga olib, topshiriq, vazifa berish kerak. O'qitishning turli uslublarini qo‘llashdan asosiy maqsad, talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqishdir

Dars berishning mazmuni shu fanda mujassanilashgan obyektiv reallik bilan aniqlanadi. Metodika (uslubiyat) fanning o‘quv jarayo- nidagi harakati, rivojlanish shaklidir. Fan bilan uni o'qitish o'rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bo'lib, uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, o‘quv predmeti sifa­tida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, o'qitish, ilm berish obyektiv dunyoni bilishni shu fan erishgan yu- tuqlar darajasiga ko'taradi. Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyotlar, bilimlar bilan boyib boradi. 0‘z navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi.

Iqtisodiy hayotning yangi qirralari, muammolari ularni yechish yo'llarini o‘rganish jarayonida beto'xtov chuqurlashib boradi. O'quv jarayonida yangi metodlar qo'llaniladi, yangi o'quv kurslari kiriti- ladi. Iqtisodiy fanlardan dars berishni ma'naviy, nazariy tomondan yuqori bosqichga ko'tarish ko'p jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan o'quv shakllari, metodlari, talabalarni iqtisodchi olimlarning ishlarini o'rganishlari darajasiga ham bog'liq.

Metodlarni fanlarni o'rganishdagi qo'llashdagi qamroviga ko'ra, uch guruhga bo'lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan va xususiy metodlar.

Dars o'tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o'rganishda qo'llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar.

Ayrim metodlarni esa ma’lum turkum fanlarni o'qitishdagma qo'Ilash mumkin. Bularga masala yechish, munozara, «aqliy hn- jum» kabilarni kiritish mumkin.







Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar yoki usullar bo'lib u o‘rganilayotgan fan­ning xususiyatidan kelib chiqib qo'llaniladi: «case study», tadqiqot kabilar.

0‘tgan asrning o‘rtalaridan metodlarni faol (aktiv) va passiv guruhlarga ajratishga harakat kuchaydi. Ayniqsa, interaktiv1 me­todlarni qo‘llash keng targ‘ib qilina boshlandi. Ko'pgina pedagog va psixologlarning fikricha metodlarni aktiv va passiv guruhlarga bo‘lish noto‘g‘ri uni shunday bo‘lishiga aslida o‘qituvchi va o‘quvchi, talabalar sababchi deyishadi. «Interaktiv» tushunchasi kompyuter lug‘atidan olingan bo‘lib, komyuterdan foydalanuvchi- ning axborot almashish jarayonini ekranda ko‘rib turib, jarayonga ta’sir etishi, o‘z xohishiga ko‘ra boshqarishi, uning harakatlariga kompyuterining javob berishi ko‘zda tutilgan. Bunga misol qilib kompyuter o‘yinlarini ko‘rsatish mumkin.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling