4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi
Download 98.85 Kb.
|
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar
- 1-savol bayoni: "Metod" va "metodologiya" tushunchalari
- Falsafa metodlari
- «tamoyil» (prin s ip)
- M u n o s a b a t
4 - Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi: 1. Falsafada metod va metodologiya tushunchalari. Dialektika va metafizika. 2. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari. 3. Falsafaning substansional va munosabatdosh kategoriyalari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: Olamni anglash, metod, metodologiya, falsafa metodlari, dialektika, metafizika, tamoyil (prinsip), dialektika nazariyasi, munosabat, aloqa, aloqadorlik, o‘zgarish, rivojlanish, qonun, falsafa qonunlari, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, uzluksizlik, sakrash, eski, yangi, inkor, vorisiylik, davomlilik, kategoriya, falsafa kategoriyalari, substansional va munosabatdosh kategoriyalar, yakkalik va umumiylik, mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, butun va qism, sistema va element, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik va b. 1-savol bayoni: "Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qrnun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Olamni anglashning eng umumiy metodlari falsafiy metodlardir. Falsafa metodlari. Eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi). Borliqni falsafiy tushunish olamni tashkil etgan narsa va hodisalarning, uning turli soha va tomonlarining o‘zaro aloqadorligi, o‘zgarish va rivojlanish jarayonlarini bilishni ham taqozo etadi. Har qanday fan singari, falsafa fanining ham kuch-qudrati manbai, uning amaliyotdagi o‘rni va istiqboli – uning nazariy boyligidadir. Voqelikning yalpi umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, ularning inson ongida aks etish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan falsafa fani – yaxlit ilmiy bilimlar tizimini tashkil etib, muayyan fundamental qoidalarning (tamoyillarning) yig‘indisiga asoslanadi. Bu qoidalar falsafa fanining nazariy asosini tashkil etuvchi dialektika nazariyasi va dialektik tafakkur metodida o‘z ifodasini topadi. Harakat, rivojlanish, umumiy aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy qarashlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada “dialektika” tushunchasi orqali ifodalanadi va bu tushuncha falsafa tarixida turli mazmunda qo‘llanilib kelingan. «Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Abu Nasr Forobiyning yozishicha, dialektika, ya’ni “al-jadal” atamasi qadimgi yunon faylasuflari Suqrot va Aflotun tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, ma’nosi bahs, suhbat, munozara san’ati, munozara yuritish orqali bahslashuvchining fikridagi ziddiyatlarni fosh etib haqiqatga erishish demakdir. “Inson,- deb yozadi Forobiy,- haqiqatga yoki falsafaga faqat dialektik bahs orqali erishishi mumkin” (Al-Farabi. Istoriko-filosofskie traktatы.- Alma-Ata: «Nauka», 1985, 405 s.). Umuman olganda, falsafa tarixida dialektikaning turli xil tarixiy shakllarini ko‘rsatish mumkin. Bularga: a) Stixiyali dialektika. Bu antik davr falsafasiga xosdir. b) Idealistik dialektika. Masalan, Gegel dialektikasi. v) Materialistik dialektika. Bu marksizm dialektikasi. g) Klassik va noklassik dialektika. d) Ob’ektiv va sub’ektiv dialektika va boshqalar kiradi. Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima? Falsafiy ma’noda «tamoyil» (prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, determinizm, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Dialektika atamasi o‘tmishda asosan uch ma’noda ishlatilib kelingan: birinchidan, bahs, suhbat, munozara san’ati orqali haqiqatga erishish yo‘li sifatida; ikkinchidan, falsafiy fikrlash qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan tafakkur shakli sifatida; uchinchidan, falsafa va boshqa fanlardagi ilmiy bilish jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot usuli sifatida. Hozirgi vaqtda dialektika nazariyasi olamni falsafiy anglash mantiqi, ilmiy bilish metodologiyasi sifatida rivojlanib kelmoqda. Dialektika borliqdagi narsa va hodisalarning yalpi o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi qonunlari haqidagi ta’limot bo‘lishi bilan birga bilish nazariyasi, tafakkurlash shakllari va qonuniyatlari haqidagi fan, falsafiy tafakkur metodi va metodologiyasi hamdir. Shunday qilib, dialektika – rivojlanish falsafasi va olamni bilishning falsafiy metodologiyasidir. Dialektika o‘z mohiyati jihatdan yalpi o‘zaro aloqadorlik, bog‘lanish, munosabat, o‘zgarish, rivojlanish to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlarni, o‘zgarish va rivojlanishning eng umumiy qonunlarini to‘g‘ri ochib berish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi. Dialektika – bu dunyoni shunday tushunishki va uni ongli ravishda o‘rganishning shunday usuliki, bunda turli hodisalar, ularning turli-tuman aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning o‘zaro ta’siri, o‘zgarish va rivojlanish jarayoni bilan birlikda qarab chiqiladi. Borliqni dialektik tarzda o‘rganishning muhim nazariy natijalaridan biri – moddiy va ma’naviy predmetlar olamida yakka, juz’iy va umumiy aloqa va bog‘lanishlar bilan birga eng umumiy, universal. har tomonlama, beistisno barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan aloqadorliklar mavjudligi haqidagi xulosa bo‘ldi. Yalpi, universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o‘zini namoyon etadi. Shu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog‘lanish, ta’sir va o‘zaro ta’sirga xos bo‘lgan muhim tomon yoki jihatdir. Barcha narsa va hodisalar bir – birlari bilan doimo o‘zaro munosabatda va aloqada bo‘ladilar. M u n o s a b a t – o‘zaro aloqadorlikning zaruriy lahza narsalarning bir – biridan shartlanganligidan, o‘zaro qaramlikdan, bog‘lanishdan kelib chiqadi. Predmetning xossasi, belgilari uning boshqa predmetga yoki tevarak muhitga bo‘lgan munosabati mavjud bo‘ladi. Borliqda munosabat turli xil shakl, daraja va amalga oshish usullariga egadir. Aytaylik, munosabatlar ichida ijtimoiy munosabatlar alohida xususiyatga egadir. Har bir inson o‘zi yaratgan predmetlar, tashkilotlar, g‘oyalar va individlar bilan ijtimoiy, madaniy, ma’naviy mafkuraviy va boshqa xildagi munosabatni o‘rnatdi, shu munosabat doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Munosabatning konkret ko‘rinishi, namoyon bo‘lish shakli aloqa va uning xususiyati bilan belgilanadi. A l o q a predmetlarning bir – biri bilan uzviy bog‘lanishini, o‘zaro taqazo etishini bildiradigan borliqning tub xossasidir. Bilish va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u yoki bu hodisani tushunish uchun uning boshqa hodisalar bilan bog‘lanishini tadqiqot qilish kerak. Aloqaning borliqni tub, universal xossasi ekanligi aloqadorlik kategoriyasida ifodalanadi. Download 98.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling