4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi
Download 98.85 Kb.
|
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni.
Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar; 3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va kurash munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz. Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi. Dialektika borliq taraqqiyotining asosini ziddiyatlardan iborat deb o‘rgatadi. Qarama-qarshilik va ziddiyatlar umumiy bo‘lib, taraqqiyotning barcha bosqichlarida saqlanib qolaveradi, biri bartaraf etilsa boshqalari paydo bo‘laveradi. Ziddiyatlarning bartaraf etilishi ham xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini bilish taraqqiyotning sabablarini tushunishga olib keladi. Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Taraqqiyotning dialektik konsepsiyasi mohiyatini yoki rivojlanish jarayonining sodir bo‘lishini, narsa va hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi mexanizmini anglash lozim. Bunday murakkab jarayonni miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonuni aks ettiradi. Bu qonunning mohiyati shundaki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan, uzluksiz, tadrijiy va doimiy tarzdagi miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va tub sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi. Bu qonunning mohiyati miqdor, sifat, me’yor, uzluksizlik, sakrash kabi tushunchalar mazmuni asosida anglab olinadi. Borliq turli-tumandir. U xilma-xil xussiyatlarga ega bo‘lgan narsa, hodisa, jarayon tarzida gavdalanadi. Narsa va hodisa, voqea va jarayonlarning mavjudligini ta’minlaydigan, ularga barqarorlik bag‘ishlaydigan xossa, xususiyat, belgilar yig‘indisi falsafada sifat tushunchasida ifodalanadi. Sifat – narsa va hodisalarning ichki muayyanligi bo‘lib, boshqa narsalardan ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Narsa va hodisalar sifat muayyanligidan tashqari bir-birlaridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor – predmet va hodisaning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi kabilar bilan tavsiflanadigan xususiyatlaridir. Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida ifodalanadi. Me’yor – bu miqdoriy munosabatlar bilan ob’ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligidir. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi. Download 98.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling