4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet9/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir.
Falsafa fani olamni falsafiy anglash va dialektik tafakkurlash jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan, mazmunan boy va xilma-xil kategoriyalar yaratadi, ularning yordamida voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalarini mazkur fanning mazmun-mohiyati va predmetini e’tiborga olgan holda asosan uch turkumga bo‘lish mumkin: Birinchi turkumgaBorliq va uning mavjudlik shakllarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi. Ikkinchi turkumgaBorliqning yalpi o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini aks ettiradigan kategoriyalar kiradi. Uchinchi turkumgaBilish jarayoni va uning qonuniyatlarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi.
Shuningdek, falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni ham farqlash mumkin:
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansional kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substansional kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Borliq bepoyon aloqadorliklar va bog‘lanishlar majmuidir. Turli fanlar bu aloqadorliklar va bog‘lanishlarni turli jihatdan o‘rganadi. Dialektika esa bir butun borliqqa va uning turli ko‘rinishlariga xos bo‘lgan eng umumiy aloqadorlikni va bog‘lanishlarni o‘rganadi va ochib beradi. Dialektikada bunday aloqadorliklarning uch turi mavjud: 1) umumiy, uni­versal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqador­liklar. Ushbu aloqadorliklarni dialektikaning munosabatdosh kategoriyalari aks ettiradi. Bu jihati bilan dialektika konkret fanlardan farq qiladi.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling