4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet11/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Mazmun va shakl. Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim ele­mentlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat. Shakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy bog‘lanish (sababiyat) deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi.
Sabab-oqibat bog‘lanishlari turli shakllarda namoyon bo‘ladi: asosiy va ikkinchi darajali, ichki va tashqi, ob’ektiv va sub’ektiv sabablar farqlanadi. Narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlarini falsafiy tahlil qilish ularning mohiyatini va rivojlanish qonunlarini o‘rganish imkonini beradi. Sababiyat har qanday qonunning ajralmas belgisidir.
Zaruriyat va tasodif. Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa zaruriyat deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea tasodif deyiladi.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling