Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari (test):
1. DIALEKTIKA TO‘G‘RISIDA QAYSI JAVOB ENG TO‘G‘RI?
A) Harakat, o‘zgarish, rivojlanish to‘g‘risidagi ta’limot.
B) Nazariy va amaliy bilish, tadqiqotlar usuli.
V) Rivojlanish qonunlari va kategoriyalari tizimi.
G) Dunyo aloqadorligi va rivojlanishining umumiy qonunlari va kategoriyalari to‘g‘risidagi ta’limot.
2. Dialektikani “bahs, munozara san’ati” deb hisoblab, “Haqiqat munozara, bahslashuv orqali qo‘lga kiritiladi” degan mashhur fikr qaysi yunon mutafakkiriga mansub?
A) Aflotun (Platon)
B) Arastu (Aristotel)
V) Suqrot (Sokrat)
G) Batlomus (Ptolemey
3. DIALEKTIK QONUN TA’RIFINI AYTING.
A). dunyodagi narsa va hodisalarning ob’ektiv muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror aloqalari yig‘indisi.
B). real voqealarning ketma-ket kelishi.
V). ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning umumiy munosabatlari.
G). ob’ektiv olamni bilish bosqichi.
4. DIALEKTIK KATEGORIYa NIMA?
A). real olamdagi narsa va hodisalarning umumiy xossalarini aks ettiradi.
B). voqelik va bilish hodisalarining belgilarini, munosabatlarini rivojlantiradi.
V). voqelik va bilish hodisalarining eng umumiy va muhim xossalarini, tomonlarini, munosabatlarini aks ettiradigan tushuncha.
G). tafakkur olamiga xos umumiy belgilar.
5. Dialektik inkorga ko‘ra rivojlanishning spiralsimon xarakteriga xos uch muhim jihatlar qaysilar?
A). Tezis, antitezis va sintez.
B). Rivojlanish inkorni-inkorlar zanjiridan iborat ilgarilanma jarayon.
V). Eskining yemirilishi, yangining paydo bo‘lishi, rivojlanish sharti.
G). Destruksiya, kumulyatsiya va konstruksiya.
6. RIVOJLANISh DEGANDA NIMANI TUShUNASIZ?
A). Rivojlanish – tabiat va jamiyatning sifatiy o‘zgarishi.
B). Rivojlanish – moddiy va ideal hodisalarning qaytarilmas, qonuniy yo‘naltirilgan o‘zgarishidir.
V). Rivojlanish – faqat materiyaning o‘zgarishidir.
G). Rivojlanish – bu narsalarning qonuniy, sifatiy o‘zgarishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |