4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet12/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘zlarida ifodalovchi kategoriyalardir.
Voqelik — bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi. Voqelik doimo imkoniyatdan kelib chiqadi va mavjud voqelik yangi-yangi imkoniyatlarni tug‘diradi.
Imkoniyat — bu voqelikning hali amalga oshmagan kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. Shu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari ham bo‘lishi mumkin. Imkoniyat ob’ektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, ular tomonidan yaratiladi. Imkoniyatning voqelikka aylanishini rivojlanish jarayoni ifodalaydi. Imkoniyatlar: ichki va tashqi, formal, abstrakt va real shakllarga ega. Formal imkoniyat deganda ob’ektiv qonunlarga zid bo‘lmasada, voqelikka aylanishi uchun hech qanday shart-sharoitga ega bo‘lmagan imkoniyatlar tushuniladi. Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘la bo‘lmasa abstrakt imkoniyat, barcha zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lsa real imkoniyat deyiladi.
Umuman, dialektikada yuqoridagi universal, strukturaviy va deterministik aloqadorliklarni ifodalaydigan munosabatdosh kategoriyalar o‘zaro bir-birlari bilangina emas, balki boshqa barcha kate­goriyalar bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishni talab qiladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Dialektika ta’limotining falsafa fanidagi o‘rni va ahamiyatini qanday tushunasiz?
2. Qonun tushunchasini qanday ta’riflaysiz?
3. Olam rivojlanishining umumfalsafiy qonunlarini ta’kidlang va qisqacha mohiyatini ta’riflab bering.
4. Falsafa kategoriyalarini ta’riflang va tasniflab bering.



Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling