4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Qonunning uchta turi mavjud: Voqelik qonunlari


Download 98.85 Kb.
bet5/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Qonunning uchta turi mavjud:
Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab yetilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi. Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‘z predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi.
Shuningdek, amal qilish, harakatlanish doirasiga ko‘ra qonunlar xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlarga bo‘linadi. Dialektikaning rivojlanish nazariyasi bir butun borliqning yalpi o‘zaro aloqadorligi, o‘zgarishi va rivojlanishining eng umumiy qonunlari va tamoyillarini qamrab olgan umumfalsafiy ta’limotdir. Dialektikada butun olam, ya’ni borliq rivojlanishining quyidagi eng umumiy falsafiy qonunlari o‘rganiladi: 1). Dialektik ziddiyatlilik (Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi) qonuni; 2). Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonuni; 3). Inkorni inkor qonuni (Rivojlanishda vorisiylik va davomlilik qonuni).
Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi (dialektik ziddiyatlilik) qonuni falsafa qonunlari ichida markaziy o‘rinni egallab, bu qonunga muvofiq olamda har bir narsa va hodisa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno va taqozo etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi ziddiyat natijasida rivojlanish, eskining yemirilishi va yangining paydo bo‘lishi yuz beradi.
Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Ma’lumki, olamda narsa va hodisalar turli tumandir. Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosidir.
Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyatsiya – dissimilyatsiya, o‘zgaruvchanlik – turg‘unlik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Qarama-qarshiliklar ayni bir vaqtnig o‘zida bir-birini istisno qiladi hamda taqozo etadi. Narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasidagi ana shunday munosabat ziddiyat deb ataladi.
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling