4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet3/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Rivojlanish — bu progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Rivojla­nish shunday o‘zgarishki, u narsa va hodisalarning quyi bosqichi o‘rnini yuqoriroq bosqich olishidir. Rivojlanish boshqa jihatdan narsa va hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tubdan o‘zgarib, boshqa nar­sa va hodisalarga aylanishidir. Rivojlanish, umuman olganda, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat emas, uni bunday tushunish xatodir. Bunday tushunishni tabiat rivojlanishi ham, jamiyat tarixi ham rad etadi. Har qanday real rivojlanish spiralsimon holda, uning har bir yangi o‘rami oldingisiga qaraganda kengroq boyroq, mazmunliroq, yuqoriroq, asosda egri-bugri yo‘llar bi­lan sodir bo‘ladi.
Fan va ijtimoiy-tarixiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuriga xos bo‘lgan asosiy umumiy xususiyatlardan biri — bu ularda progress tomon rivojlanishning, ya’ni taraqqiyotning mavjudligidir.
Noorganik tabiatda rivojlanish moddiy ob’ektlarning, ulardagi o‘zaro aloqadorlik va harakat turlarining tobora murakkablashib borishi tarzida namoyon bo‘ladi.
Organik tabiatda esa rivojlanish tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashuvi asosida, ulardagi tabiiy va sun’iy tanlanish jarayonida es­ki, sodda turlarning o‘rniga yangi, murakkabroq turlarning paydo bo‘lib, ularning takomillashib borishida ifodalanadi.
Insonning rivojlanishi deyilganda esa, odamning tobora ijtimoiylasha borib, mehnat, til, ong va ahloqning ta’siri tufayli ijtimoiy zot — insonga aylana borishi, nihoyat, ibtidoiy jamoa tuzumi kishisidan to hozirgi davr kishisigacha bosib o‘tilgan bosqichlar tushuniladi.
Progress tomon rivojlanish, ayniqsa, jamiyat hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyatdagi rivoj­lanish bir quyi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan unga nisbatan progressivroq, yuqoriroq ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga o‘tib borish asosida ro‘y beradi.
Inson tafakkuri jarayoniga xos rivojlanish esa, bu inson bilishining bilmaslikdan bilishga tomon, to‘la bo‘lmagan bilimlardan to‘laroq bilimlarga to­mon, oddiy bilishdan ilmiy bilishga tomon yuksalib borishidir.
Biz ko‘rib o‘tgan sohalarning har birida progress tomon rivojlanish o‘ziga xos shakllarda yuz beradi. Shu bilan birga, ularning hammasiga xos rivojlanishning umumiy tomonlari ham bo‘lib, ular birlikda bir butun dunyoning umumiy rivojlanish manzarasini ifodalaydi.
Shuni aytish kerakki, rivojlanishning turli to­monlari, bosqichlari, uning konkret xususiyatlari turli konkret fanlar tomonidan o‘rganilib, ularning har biri o‘zining sohasiga oid alohida rivojlanish nazariyalarini ishlab chiqadi va mukammallashtirib boradi. Masalan, hozirgi zamon kosmologiyasi koinot, ayrim galaktikalar, turlicha kosmik ob’ektlarning kelib chiqishi kabi nazariyalarni ishlab chiqmoqda. Evolyusion biologiya esa tirik organizmlarning rivojlanishi, ularda sodda turlardan murakkab turlarning qanday kelib chiqishi haqida o‘z nazariyalariga ega. Tarix fanida esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari haqida turli nazariyalar mavjud; tilshunoslik fani bo‘lsa turli tillarning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi nazariyalarni ishlab chiqqandir. Bular rivojlanishning turli konkret maxsus sohalariga oid nazariyalardir.
Rivojlanishning turli maxsus fanlar sohalariga oid bunday nazariyalarining umumiy jihatlari dialektikaning taraqqiyot nazariyasida ifodalanadi. Dialektikaning taraqqiyot nazariyasi esa bir butun borliqning harakati, o‘zgarishi va rivojlanish qonunlari va prinsiplarini o‘z ichiga olgan umumfalsafiy ta’limotdir. Taraqqiyotning bu umumfalsafiy nazariyasining vujudga kelishi va shakllanishi ham o‘z tarixiga ega.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling