4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi
Download 98.85 Kb.
|
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)
2-savol bayoni: Mavjud olam rivojlanishining muayyan holatlarini ifodalaydigan tartiblilik va tartibsizlik, ya’ni qonun va xaos tushunchalari ham muhim ahamiyatga ega. Bu masala xususida falsafa tarixida turlicha g‘oyalar ilgari surilgan. Qadimgi mifologik, diniy-falsafiy qarashlarda olamning dastlabki tartibsizlik – xaos holati mavjudligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Masalan, xitoylik zamondosh olimlardan biri Yuan Ke o‘zining “Qadimgi xitoy afsonalari”(M., 1965) nomli kitobida xitoy xalqining afsonaviy-diniy dunyoqarashini tahlil qiladi. Bu afsonalarga ko‘ra, dunyoning dastlabki holati Xaos – tartibsizlik bo‘lib, so‘ngra ikki qarama-qarshi kuch – Yan (osmon qudrati) va In (yer qudrati) o‘rtasidagi munosabat tufayli xaosning bo‘ysundirilishi va dunyoning tartiblanishi yuz berdi. Dunyoning tartibli tuzilishining asosida boshlang‘ich besh unsur (suv, olov, havo, daraxt va tuproq) ko‘rsatiladi. Bu unsurlar asosida tabiatning besh xil hodisasi – yomg‘ir, quyoshning tovlanishi (ufq), issiq xarorat, sovuqlik, shamol talqin qilinadi.
Qadimgi Xitoydagi Konfutsiy falsafasida ham olamning tuzilishi, inson va jamiyat taqdiri osmonga, yaratuvchi ilohiy kuchga bog‘liq deb ko‘rsatiladi. Uning ta’limoticha Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li – tartib, qoida, qonun degan ma’noni anglatadi. Konfutsiy jamiyatning qat’iy tartibli ierarxik tuzilishini himoya qiladi va Li – jamiyat ravnaqining asosi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida sinergetika rivojlanishning evolyusiyaviy tamoyilini asos qilib oladi. Evolyusion rivojlanish borliqning umumiy qonuni bo‘lib, o‘z-o‘zidan tashkillashuv, o‘z-o‘zini boshqarish, tartibsizlikdan tartiblanish asosidagi murakkab jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zligini shakllantirish, o‘z-o‘zidan tashkillashuv – unsurlarning o‘zaro ta’siri natijasida tizimda yangi tartib yoki tuzilma vujudga kelish jarayonidir. Sinergetikada o‘z-o‘zidan tashkillashuv deb muvozanatda, muayyan uyg‘unlikda bo‘lmagan ochiq tizimlarning oddiy tashkillashuvdan murakkab tashkillashtirilgan holatlarga spontan tarzda o‘tish jarayoni tushuniladi. Qayd etiladiki, rivojlanish tartibsizlik (xaoslik) tufayli amalga oshadi. Hozirgi fanga ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tizimlarning rivojlanishi nochiziqli mohiyatga egadir, bu holda har bir tizimning evolyusiyaviy jarayonida ko‘p variantlik rivojlanish imkoniyatlari mavjud va ular qaytarilmaslik tabiatiga ega. Shu tariqa tartibsizlik (xaoslik) tufayli amalga oshuvchi rivojlanishda o‘z-o‘zidan tashkillashuv yuz beradi. O‘z-o‘zidan tashkillashuv esa tartiblanish asosidir. Sinergetikada tartibsizlikdan tartiblanish g‘oyasining mazmuni ana shunda. Rivojlanish jarayoniga xos tartiblilik va tirtibsizlikdan tartiblanish jarayonlari falsafada qonun tushunchasi orqali ifodalanadi. Olamda narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishi ularning o‘zaro aloqadorligi va bog‘lanishlari asosida sodir bo‘ladi. Rivojlanish va o‘zaro aloqadorlik qonunlarda namoyon bo‘ladi. Eng umumiy shaklda qonun – olamdagi turli xil narsalar va hodisalar, voqea va jarayonlar o‘rtasidagi tartiblashgan munosabatlar, o‘zaro aloqalar demakdir. Lekin qonun barcha munosabatlarni ifodalaydi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Olam rivojlanishining, tabiat va jamiyatning har qanday qonuni uchta muhim tomoni bilan xarakterlanadi: 1) Qonun ob’ektiv asosga ega bo‘lib u olamdagi turli xil narsa va hodisalar, voqea va jarayonlar o‘rtasidagi muhim, zaruriy, umumiy va nisbiy barqaror (doimiy) aloqadorliklarni ifodalaydi; 2) Qonun xususiy xarakterga ega bo‘lib voqealar rivojlanishining qat’iy natijasini, muayyan yo‘nalishini belgilab beradi; 3) Qonun ma’lum bir shart-sharoitlarda namoyon bo‘ladi, narsa va hodisalarning mavjudligi hamda rivojlanishi uchun majburiy, zaruriy hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda qonunga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojlanishining xarakteri va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlari, o‘zaro aloqadorliklaridir. Mavjud voqelikning qonunlari nihoyatda xilma-xildir. Tabiat qonunlari, jamiyat rivojlanishi qonunlari va ma’naviy olam (xususan tafakkur) qonunlari ob’ektiv jarayonlarni aks ettirishiga qarab bir-biridan farq filadi. Tabiat qonunlarini tabiatshunoslik fanlari, jamiyat qonunlarini jamiyatshunoslik fanlari, ma’naviy olam rivojlanishi qonunlarini ma’naviyatshunoslik fanlari o‘rganadi. Download 98.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling