D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Ovoz berish natijalari asosida har ikki tomon sardorlari qanday qarorga kelganlarini e’lon qiladi. Rais muzokarani yakunlaydi


Download 0.89 Mb.
bet122/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Ovoz berish natijalari asosida har ikki tomon sardorlari qanday qarorga kelganlarini e’lon qiladi. Rais muzokarani yakunlaydi.



  1. §. Uslublarning asosiy afzalliklari va kamchiliklari

Dars o'tishning tadqiqot va munozara metodida qo'yilgan ma­salani hal qilish uchun talabalarning o'zlari qatnashishlari tufayli puxta bilim olishlariga imkoniyat yaratiladi. Ular ilmiy izlanishga o'rganishadi. Talabalar qo'yilgan masalani muhokamasi jarayonida o'z flkrlarini mustaqil ravishda o'rtoqlashishga, boshqalarning bildirgan flkrlarini mushohada qilishga o'rganishadi.

Ma’lumotlarni, dalillami tahlil qilish jarayonida talabalar qiziqqonlik qilmay, obyektiv tarzda masalani yechishga o'rganadilar. Raqamlarga ko'r-ko'rona yondashmaslikni, ular zamirida iqtisodiy hodisa, qonunlar yashiringanini ko'rishga o'rganadilar. Bilishning nisbiy ekanligi, dalillar o'zgarishi va yangi ma’lumotlar olinishi xulosani ham o'zgarishga olib kelishini tu- shunishga yordam beradi.

Talabalar turli axborotlar va mantiqiy mushohada orqali o'z taxminlari, o'rtoqlari bildirgan fikrlarni to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlashadi. Ma’lumotlar asosida tendensiyalar, qonuni- yatlar amal qilishini aniqlashga harakat qilishadi. Ilgari surilgan ilmiy taxmin(gipoteza) bilan chiqarilgan xulosani taqqoslab, yagona qarorga kelishadi.

Qo'yilgan masalani tadqiqot metodi asosida muhokama qilish, yuzaki qabul qilingan qarorlarga ishonchsizlik bilan qarashni tarbi- yalaydi.

Talaba masalani chuqur o'rganish uchun zarur adabiyotlar, ax­borotlar bilan uzluksiz ishlash zarurligini tushunadi. Buni yuqori darajada fikr yuritish zarurligini ham talab qiladi. Shuning uchun ham bu uslub talabalarni puxta bilim olishlarini ta’minlaydi. Ular o'rganayotgan predmetlarining mazmunini tushunibgina qolmay, axborot to'plash va uni tahlil qilishni ham o'rganadilar.

Darsni o'tkazishda o'qituvchi o'rganiladigan mavzu bo'yicha tayyorgarlik ko'rishni - axborot, ma’lumot, dalillarni to'plashni ta­labalarga awaldan topshirishi mumkin. Yoki o'qituvchining o'zi zarur dalil-ma’lumotlar asosida talabalar oldiga muammo qo'yib, uni birgalikda yechishi mumkin. Bunda amaliy o'yin, turli iqtisodiy modellarni ifodalovchi grafik, jadvallardan va boshqa uslublardan foydalanish orqali tadqiqot o'tkazish uni qiziqarli tarzda bo'lishiga olib keladi hamda barcha talabalarni faol qatnashishiga erishiladi.

Bu usulda butun guruh birgalikda iqtisodiyotni, qolaversa, dunyoni yaxshiroq tushunishga intiluvchi izlanuvchilarga aylani- shadi.



Tadqiqot va munozaraning kamchiliklari:

  • Ko'p vaqt talab qiladi.

  • Auditoriyada shovqin bo‘lib ketishi mumkin.

  • O'qituvchining o‘zi fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi talab qilinadi. U muammolami yechish va strategik rejalashtirish ma- horatini egallagan bo'lishi kerak.

  • O'qituvchi faqat «bilim berib»gina qolmay, talabalarni mohirlik bilan mantiqiy asoslangan xulosaga kelishga yordam beri­shi kerakligi.

  • O'qituvchi darsda qo'yilishi mumkin bo'lgan muammo- larni strategik rejalashtirish va ularni yechish yo'llarini o'ylab qo'yishi zarurligi.

Xulosa

Tadqiqot metodi — axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida tadqiqot o'tkazish jarayonida qatnashish orqali dars o'tishning tala- balami axborot to'plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, ba- holashga o'rgatish jarayonida mavzuning mazmunini o'zlashtirishga, ilmiy izlanishni o'rganishga qaratilgan metod.

  • Tadqiqot metodi talabalarning fikr yuritish darajasi yuqori bo'lishini, bor intellektual qobiliyatini ishga solishni talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi ham darsga nihoyatda puxta tayyorgarlik ko'rishi kerak.

Tadqiqot metodini muhim jihatlaridan biri uni boshqa metod­lar bilan va iqtisodiy ma’lumotlar, turli jadval, grafiklar, diagram- malar bilan ishlash, xulosa chiqarish imkoni kattaligidir.

  • Munozaraga — 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs; 2) muayyan muammo bo'yicha fikr al- mashishga asoslangan ta’lim metodi sifatida qaraladi.

  • Mazkur metod talabalarni tanqidiy va tahliliy fikrlash, o'z fikrini ximoya qilishga o'rgatadigan metod hisoblanib, uni qo'llashning qator usullari mavjud. Haqiqat bahs-munozarada oydinlashadi. Ayniqsa, talabalarni munozaraga kirishlaridan av- val uning qoidalariga amal qilish zarurligi haqida ogohlantirish lozim.

  • Har ikki metodning ham o'z afzalliklari va kamchiliklari bor. Metodlardan foydalanishda, albatta, ularni hisobga olish kerak.





Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Tadqiqot, kognitiv darajaning yuqori bosqichi, muammo qo'yish, gipoteza, ilmiy taxmin, odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzi, ma’lumot yig‘ish, dalillar to'plash, ochiq munozara, qarama-qarshi munozara, amerikacha munozara, inglizcha muno­zara.

Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. Tadqiqot metodi dars o‘tish metodlari orasida, sizningcha, qanday o'rin tutadi?

  2. Tadqiqot metodi asosida dars o'tishni tashkil qilishda qan­day qoidalarga amal qilish kerak?

  3. Odamlarning fikrlash tarzini o'rganish nima sababdan zarur? Undagi bildirilgan fikrlarga biron nima qo'shimcha qila olasizmi?

  4. Siz tadqiqot metodini dars o'tishda qanday qo‘llagan bo‘lar edingiz?

  5. Munozara metodi asosida dars o'tishga sizning munosaba- tingiz qanday?

  6. J. T. Dillon o'qituvchi izlanuvchanlik va hamkorlikka asoslangan tarzda munozarani tashkil etishi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligini ko'rsatadi?

  7. «Munozara ishtirokchisiga eslatma» haqida fikringiz qanday?

  8. Metodlarning ko'rsatilgan afzalliklari va kamchiliklariga qo'shimcha qila olasizmi?




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling