D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


«Buxgalter lavozimiga ishga qabul qilish»


Download 0.89 Mb.
bet192/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

«Buxgalter lavozimiga ishga qabul qilish» o'yini.

0‘yinning maqsadi: o'quvchi-talabalarning ikki yoqlama yozuv, hisobvaraqlar va ularda xo'jalik muomalalarining aks etishini puxta o'zlashtirishlariga erishish.

O'qituvchi o'yinda o'rganiladigan tushunchalarni esga solib, qaytaradi.

O'yinning maqsadini tushuntiradi. Guruh uchga bo'linadi. Gu­ruhdagi eng iqtidorli talabalardan 3 kishi «ekspertlar» guruhini tashkil etadi. Ular ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak.

Ikkinchi guruh korxonada tashkil etilgan «bosh buxgalter» boshchiligidagi 5 kishidan iborat tanlov komissiyasi, unga: kadrlar bo'limi va buxgalteriyadan tajribali mutaxassislar a’zo qilib jalb etil­gan. Ular ham ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak. E’lon vatman qog'ozga yozilgan, slayd, tarqatma material tarzida bo'lishi mumkin.

Uchinchi guruh — qolgan barcha o'quvchi-talabalar, ular kasb- hunar kollejini yoki institutni bitirib, shu korxonaga yosh mutaxas­sis sifatida ishga kirishmoqchi.

Komissiya ularga bir necha bosqichda topshiriq berib, ularni to'g'ri bajarib, eng yuqori ball to'plaganlarni ishga qabul qilmoqchi.

O'qituvchi o'yin o'tkazish qoidalarini o'quvchi-talabalarga tu­shuntiradi: har bir o'quvchi-talabaga uch bosqichda topshiriq beri- ladi: Birinchi topshiriq nisbatan oson testlar. Ularni kamida yar- mini to'g'ri yechganlar kelgusi turda qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Ikkinchi bosqichda mashq beriladi, uning to'g'ri-noto'g'riligini aniqlab, sababini yozib ko'rsatilishi kerak. Uning ham kamida yar- mini to'g'ri bajarganlar kelgusi bosqichga qo'yiladi.

Uchinchi bosqichda ataylab noto'g'ri bajarilgan ishlar beriladi. Uni kamchiligini topib, to'g'ri bajarish so'raladi. Har bir bosqichda bajarilgan ishlarni tanlov komissiyasi a’zolari tekshirib, baholaydi- lar. Ularning to'g'ri yoki noto'g'riligini ekspert komissiyasi tek­shirib, xulosa chiqaradi. O'qituvchi o'yinni qanday o'tayotganini





kuzatib turadi. Bunda unga ekspert komissiya a’zolari yordam beradi. 0‘quvchi-talabalar quyilgan topshiriqlarni bajarish jara­yonida mavzuni tushunib oladilar.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling