D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet46/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Konkurs(tanlov)lar o‘tkazish. Ma’lum bir mavzu yoki muammo bo'yicha talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qollaniladi.

Dars o‘tishda boshqa qator metodlar ham mavjud boiib, ularni o'qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab, qoilashi mumkin.

Dars berish jarayonida turli metodlarni qoilashni hozirgi paytda keng targlb qilinayotganiga qaramay, hali kutilgan natijaga erishilgani yo‘q. Buning qator sabablari quyidagicha:

  • dars jarayonini turli metodlar asosida tashkil etish, metod- larni qanday qo‘llash bo‘yicha metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi;

  • interaktiv metodlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarga tayyorgarlikning ko‘p vaqt va mablag1 talab qilishi;

  • interaktiv metodlarni keng qoilash uchun barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida moddiy bazaning yetarli emasligi;

  • interaktiv metodlarni keng qo'llab, dars o‘tish o‘qituvchidan chuqur bilim va mahorat talab qilishi;

  • barcha o‘qituvchilarni bunga birday jalb qilishning qiyinligi va hokazolar.

Bundan tashqari, o‘quv jarayonini tashkil etishdagi qiy- inchiliklar va kamchiliklar ham turli metodlarni qoilab, dars oiishga to‘sqinlik qiladi.

0‘qish jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar:

  1. butun o‘quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;

  2. o‘quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bolishi mumkin.

Kamchiliklar esa:

  1. umumiy xarakterga ega bolgan;



  1. o'quv jarayonidagi individual to‘siqlar;

  2. guruh tufayli kelib chiqqan qiyinchilik;

  3. dars jarayonini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan to‘siqlar.

Darsni tashkil qilish bilan bog'liq qiyinchiliklar — shovqin, dars puytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli ke­lib chiqishi mumkin.

Dars jarayonida qo'llanishi kerak bo'lgan texnik vositalar, darslik, zarur o'quv qurollari yetishmasligi kabilar ham qiyinchilik­lar tug'diradi.

0‘qituvchininig o'z fanini puxta bilmasligi, fanga doir yangilik- Inrdnn xabardor emasligi, o'zini biror-bir aybi bor yoki biror narsa yctlshmnyotganday tutishi ham dars o'tishda qiyinchilik tug'diradi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling