Da Vinchining yangi sirlari yoki 500 yildan so‘ng amalga oshgan kashfiyotlar


Download 49 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi49 Kb.
#1721479
1   2   3   4
Bog'liq
Da Vinchining yangi sirlari yoki 500 yildan so‘ng amalga oshgan kashfiyotlar

500 yil avval o‘ylangan ko‘prik
Olimning ayrim kashfiyotlarini insoniyat endi-endi sinab ko‘rishga kirishdi: masalan, Norvegiyaning As shaharchasida 2001 yilda Leonardo da Vinchi loyihasi bo‘yicha 100 metrli piyodalar ko‘prigi bunyod etildi. Bu olim tomonidan yaratilgan so‘nggi besh yuz yil ichida amalga oshirilgan birinchi arxitektura loyi­hasi bo‘ldi.
Leonardo da Vinchi bu inshootni turk sultoni uchun loyihalashtirgan edi. Ko‘prik Istanbuldagi Oltin Shox qo‘ltig‘idan o‘tishi ko‘zda tutilgan. Agar mazkur loyiha amalga oshganda u o‘z davrining eng uzun ko‘prigi bo‘lardi. Biroq Leonardo o‘z loyihasini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmadi. Sulton Boyazid II florentsiyalik rassomning taklifidan voz kechdi.
Bu ko‘prik 8 metr balandlikda "Ye-18" avtotrassasi ustidan o‘tkazilgan bo‘lib, piyodalar o‘tish joyi sifatida xizmat qiladi. Uning qurilishida Leonardoning faqat bir talabi buzildi - ko‘prik 500 yil avvalgi loyihada ko‘rsatilganidek, toshdan emas, yog‘ochdan bunyod etildi.
12 qo‘l uzunligiga teng parashyut
Leonardo da Vinchining fikricha, «agar odamda pishiq matodan tayyorlangan, har bir tomoni 12 qo‘l uzunligiga teng, balandligi ham xuddi shunday soyabon bo‘lsa, u har qanday balandlikdan sakrashi va sog‘-omon qolishi mumkin». Uning o‘zi mazkur qurilmani sinovdan o‘tkazishga ulgurmadi. Lekin 2000 yil dekabr oyida Buyuk britaniyalik parashyutchi Adrian Nikolas Janubiy Afrikada Leonardo da Vinchi chizmalari asosida tayyorlangan xuddi o‘sha parashyut bilan havo sharidan sakrab ko‘rdi. 3 ming metr balandlikdan sakragan shovvoz barchasini muvaffaqiyatli amalga oshira oldi.
Qutqaruv chambaragi
Suzishni o‘rganishda eng muhim narsa - qutqaruv chambaragidir. Leonardoning bu kashfiyoti deyarli o‘zgarishsiz qo‘llanilmoqda.
Suzishni tezlashtiruvchi pardali qo‘lqoplar loyihasi olimning yana bir ajoyib topilmalaridan biridir. Ular bugungi kunda hammaga ma'lum lastlarga aylangan.
Ekskovatorni ham-a?
Ishonish qiyin, biroq ishchilar mehnatini yengillashtirish uchun Leonardo ekskovatorni o‘ylab topgan. Ular qazib olingan materialni tepaga ko‘tarish va tashish vazifasini bajargan. Olimlarning fikricha, ekskovatorlar Arno daryosini ajratish loyihasi uchun kerak bo‘lgan.
O‘shanda kengligi 18 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan handaq qazilishi kerak edi. Kashfiyotchining shu ish uchun ishlagan rasmlaridan ko‘rish mumkinki, ko‘tarma kran o‘qlari 180 darajaga aylana olgan va kanalning butun kengligini egallagan. Ekskovator relslarga o‘rnatilgan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan oldinga surib turilgan.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling