Gaz dispers muhitli sistemadan boshqa barcha bunday sistemalarning agregativ barqarorligi ularning dispers faza zarrachalariga adsorbilanib, stabilizator hosil qilishi bilan bog’liq. Mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalar tabiatda va texnikada juda keng tarqalgan. Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlari mikrogeterogen yoki dag’al dispers Sistema hisoblanadi. Suspenziyalar
Suspenziyalar
Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat dag’al dispers sistemalar suspenziyalar deb ataladi. Masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa suspenziya hosil bo’ladi. Suspenziya kolloid eritmalardan quyidagi hossalari bilan faqr qiladi: 2)Suspenziya ikki va uch qavatga bo’linishi va uni tarkibiy qisimlari bir biridan ajralishi mumkin, dispers sitemalarning bu xossalaridan foydalanib bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi. 2)Suspenziya ikki va uch qavatga bo’linishi va uni tarkibiy qisimlari bir biridan ajralishi mumkin, dispers sitemalarning bu xossalaridan foydalanib bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi. Agar sistema suspenziyadan iborat bo’lsa, bu Sistema tindirilgan vaqtda og’ir modda idish tubiga cho’kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho’kish jarayoni sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya hodisasini hamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin hamma suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi turlicha bo’ladi. Suspenziyalarning cho’kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bog’liqdir. Suspenziyalarning cho’kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |