Dag‘al dispers sistemalar


YUMB eritmalarining turg‘unligi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1467188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari

 
YUMB eritmalarining turg‘unligi 
Ma’lum sharoitda YuMB eritmalarida zollarga о‘hshab 
zarrachalarni yiriklashishi - koagullanish kuzatiladi. Lekin zollardan 
farqli ravishda YuMM larning yashirin koagullanish jarayoni sekin va 
uzoq о‘tadi. Ba’zida aniq koagullanishga о‘tmasdan ham tuzlanish va 
jele holatiga о‘tish boshlanadi.  
Tuzlanish – erigan moddani oz miqdorda qо‘shilgan neytral tuzlar 
ta’sirida chо‘kishi. Kolloidlarni chо‘ktirish uchun juda oz miqdorda 
elektrolit kerak bо‘lsa (mmol/l), YUMB ni chо‘ktirish uchun deyarli 
tо‘yingan elektrolit eritmasi kerak bо‘ladi. YUMB eritmasidan tuzlanish 
yо‘li bilan moddani chо‘ktirish zollarni koagullanishidan katta farq 
qiladi.
Tuzlanishning sababi YUMB makromolekulalari va erituvchi 
о‘rtasidagi solvat bog‘lar uzilishi bilan bog‘liq. Bu jarayon 
desolvatlanish deb nomlanadi. Bu YUMB ning eruvchanligi sekin asta 
pasayishi va oxirigi oqibat chо‘kishga olib keladi. Elektrolitning 
tuzlantirish ta’siri uning ionlarini solvatlanish darajasi bilan tо‘g‘ridan 
tо‘g‘ri bog‘liq. YUMB ning koagullanishini eletrolitning ikkala ioni 
ham chaqiradi. Tuzlanishga nafaqat elektrolit ionlari, balki har qanday 
erituvchi va YUMB ning eruvchanligini kamaytiruvchi moddalar olib 
keladi. Masalan, atseton va spirt jelatinni suvli eritmasidan osonlik bilan 
chо‘ktiradi, chunki ular suv bilan osonlikcha bog‘lanib jelatin 
zarrachalarini 
suvsizlantiradi. 
Tuzlantirish 
qobiliyati 
bо‘yicha 
elektrolitlar liotrop qatorga joylashtiriladi: 
Anionlar qatori:
C
2
O
4
2-
> SO
4
2-
>CH
3
COO
-
> CI
-
> Br 
-
> I
-
> CNS

Kationlar qatori:
Li
+
> Na
+
> K
+
> Rb
+
> Cs
+
> Mg
2+
> Ca
2+
> Sr
2+
> Ba
2+
Ionlarni tuzlantirish xususiyati keltirilgan qatorlarda chapdan 
о‘ngga kamayib boradi. Ba’zida YuMB ni uni eritish xususiyati 
kamroq bо‘lgan suyuqlik quyib ham chо‘ktirishadi. Bitta polimerning 
eruvchanligi makromolekulalari uzunligiga bog‘liq. U qanchalik uzun 


bо‘lsa, eruvchanligi shuncha kam bо‘lib, chо‘kishi shuncha oson 
bо‘ladi. Polimerlarning shu xususiyatini polidispers sistemalarni 
tahlilida ishlatishadi.
Gel hosil qilishi. Kо‘pincha YuMB ning aniq koagullanishi gel 
hosil bо‘lishi bilan boradi. Bunda chо‘kma hosil bо‘lmay butun sistema 
bor hajmida jele holatiga о‘tadi. Gel – bu bog’langan dispers sistema. U 
butun hajm bo’yicha dispers faza zarrachalaridan iborat bo’lgan, 
yacheykalarida erituvchi zarrachalarini tutgan umumiy fazoviy setkani 
hosil qiladi. Gelni tashqi omillar ta’sirida o’z oquvchanligini yo’qatgan 
YuMBning kolloid eritmasi sifatida ko’rish mumkin. Organizmda, gel 
holatida miya, teri, bo’g’inlar, ko’z olmasi mavjud bo’ladi. Ko’pchilik 
Gellar elastiklikka ega bo’ladi. Gelga keskin zarba berganda? U 
suyuladi, lekin bu jarayon qaytar, vat inch holatda hosil bo’lgan eritma 
yana gel holatga o’tadi. Bu hodisa tiksotropiya deyiladi. Tiksotropiya 
miya chayqalishida va keyin yana tuzilishi tiklanishida kuzatiladi. Uzoq 
vaqt turganda gel qaytmas darajada eskiradi. Bunda gel tuzilishi tartibli 
holatga kelib, burushadi va erituvchisini ajratadi. Bu jarayon sinerezis 
deyiladi. Gelni eskirishini tezlatuvchi omillarga past harorat, 
polimerning yuqori konsentratsiyasi, izoelektrik nuqtaga to’g’ri kelgan
kislotalik va uzoq vaqt turib qolishi kiradi. Tirik to’qimalarda sinerezis 
hayvon go’shtinig dag’allashishi, suyaklar ingichkalashishi bilan 
namoyon bo’ladi.
Harorat, pH о‘zgarishi, tuzlar ta’sirida koagullanishning yana 
о‘ziga xos turi koatservatlar hosil bо‘lishi yuz beradi. 
Koatservatlanish. oatservatlanishning tuzlanishdan farqi shundan 
iboratki, chо‘kma hosil bо‘lmasdan, sistema ikki fazaga bо‘linadi. Bu 
fazalarning biri YuMB ning erituvchidagi eritmasi bо‘lsa, ikkinchisi 
erituvchining YuMB dagi eritmasidir. YuMB miqdori kо‘proq bо‘lgan 
eritma tomchilarga aylanib, yiriklashib boradi. Koatservatlanishning 
ahamiyati mikrokapsulalar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan keng 
rivojlana boshladi. Masalan, farmasevtikada dori moddalarni atrofdagi 
ta’sirlardan chegaralash uchun ishlatishadi. Dorining qobig‘i uning 
ustida adsorblangan koatservatlangan polimer tomchilaridan iborat.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling