Dag‘al dispers sistemalar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari
S
оlyubilizatsiya jarayonining sxemasi Polimerning yaxshi erituvchida erigan suyultirilgan eritmasi kichik molekulyar massaga ega bо‘lib, gomogen molekulyar eritmani hosil qiladi. Polimer makromolekulalarining konsentratsiyasini ortishi uni yoki globulaga oʻralishiga yoki, yoki bir nechta makromolekulalardan agregat hosil bо‘lishiga olib keladi. Bu jarayonning ikkilasi ham yangi faza, ya’ni mitsellalar hosil bо‘lishiga olib keladi. Polimerlar eritmada mitsellalar holatida bо‘ladi, va shuning uchun oddiy zol xususiyatini namoyon qiladi. Bunday zolning agregativ barqarorligi, mitsella hosil bо‘lishida polimerning qutbli va qutbsiz guruhlari makromolekula – muhit chegarasida ma’lum tartibda joylashishidadir. Shuning hisobiga mitsella atrofida solvat qobiq hosil bо‘ladi. Bu jarayon sirt faol moddalardan mitsella hosil bо‘lishiga о‘xshab ketadi. Shunday qilib, YUMB larning eritmalarida makromolekulalar va ular agregatlari mitsellalar о‘rtasida SFM lar eritmasidagidek muvozanat qaror topadi: m YUMB (YUMB)m YuMB eritmalarining xossalari. Oddiy sharoitda YuMBlar eritmalari, о‘zining xususiyatlariga kо‘ra kolloid eritmalarga yaqinlashadi va ularni termodinamik barqaror liofil kolloid sistemalar sifatida kо‘rish mumkin. Ularning zarrachalari kattaligi kolloidlarning disperslik darajasiga (10 -6 -10 -7 sm) tо‘g‘ri keladi. Bu zarrachalar zol zarrachasiga о‘xshab dializda yarimо‘tkazgich membrana bilan ushlanib qoladi, diffuziya tezligi past, ba’zi tashqi ta’sirlar ostida koagullanib ham qoladi. Erish jarayoni esa chin eritmalar hosil bо‘lish mexanizmi bо‘yicha borib termodinamik barqaror sistema hosil bо‘ladi. Shuning uchun, yuqorimolekulyar moddalarni kolloid va chin eritmalar о‘rtasidaga oraliq holat deb ham ta’riflash mumkin. Oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar organizmning tuzilish birliklari bо‘lib, yuqorimolekulyar moddalarning barcha xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shuning uchun ularni о‘rganishda YuMB larning barcha xossalariga asoslanish zarur. Bu ularning eritma hosil qilishda bо‘kishi, eritmalarining qovushqoqligi, tuzlanishi, jele hosil qilishi, koatservantlar hosil qilishi va boshqalardir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling