Dag‘al dispers sistemalar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1467188
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari



Dag‘al dispers sistemalar 
Dag‘al dispers sistema zarrachalarining kattaligi 100 nm dan katta yoki
10
-7
dan 10
-4
m gacha bо‘ladi. Ular qatoriga emulsiyalar, suspenziyalar 
va aerozollar (tuman, chang, tutun, kukunlar) kiradi. Dag‘al dispers 
sistemalar kо‘rinishida, tibbiyotda keng qо‘llaniladigan, farmatsevtik 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
Kolloid sirt faol moddalar va ularning hossalari 
Kolloid kimyo dispers sistemalarning fizik-kimyosini oʻrganish 
bilan birgalikda sirt faolligi, sirt taranglik koeffitsiyenti va ularga ta’sir 
etuvchi omillar bilan, shu jumladan, sirt faol moddalar, yuqori 
molekulyar birikmalar kabi moddalarning fizik-kimyosi bilan ham 
shug‘ullanadi.
Eritmalarning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar, sirt-faol 
moddalar (SFM) deb nomlanadi. SFMlar qatoriga difillikga ega organik 
moddalar kiradi, yani ularning tarkibida bir vaqtning о‘zida ham qutbli, 
ham qutbsiz guruhlarni bo’ladi. О‘zida yettitagacha uglerod atomini 
tutgan sirt faol moddalar (spirtlar va karbon kislotalar) qutbli erituvchida 
molekulyar eritma hosil qilib eriydi, uglerod atomlarining soni 
yettitadan kо‘p bо‘lsa – kichik konsentratsiyalarda molekulyar eritmalar, 
yuqori konsentratsiyalarda mitsellyar eritmalar hosil qiladi va bunday 
eritmalar kolloidli SFM eritmalari deb ataladi. Kolloid SFM zollari 
о‘zini xuddi liofil tabiatli zol kabi tutadi. Bunday о‘xshash 
xususiyatlarga sovun eritmasi, yuqori molekulyar karbon kislotalar, 
tannid, pektin, umuman olganda oqsil va yog‘lar qatoriga kiradigan 
moddalar ham kiradi.
Tuman Ko

pik Sut Pemza Gel 


SFM 
kichik 
konsentratsiyalarda 
molekulyar 
eritmalarning 
xususiyatlariga ega. Yuqori konsentratsiyalarda esa molekulalar 
agregatlashib, mitsellalarni hosil qiladi. Kolloid sirt faol moddalar 
kо‘pik hosil qilish, yuvish, solyubilizatsiya xususiyatlariga ega bо‘ladi. 
Ularda eritma hosil bо‘lishi bilan sirt tarangligi va elektr 
oʻtkazuvchanligi kamayishi kuzatiladi, qovushqoqligi oshadi va h.k.z. 
SFM ning yetarli darajada mitsellalar hosil qilinishi kuzatila 
boshlaydigan eng kichik konsentratsiyasi mitsella hosil bо‘lishining 
kritik konsentratsiyasi deb nomlanadi -MKK. Konsentratsiyasi 
o’zgarishi bilan molecular-ion disperslik darajasidan kolloidlik 
disperslik darajasiga o’tish qobiliyatiga ega sirt faol moddalar kolloid 
sirt-faol moddalar deyiladi. Kolloid sirt faol moddalar eritmasida MKK 
dan yuqori konsentratsiyalarda quyidagi tenglik tо‘g‘ri kuzatiladi: 
m SFM (SFM)m 
 
Bunday eritmalar bir vaqtning o’zida ham molekular ham kolloid 
eritma hossasini tutadi. Muvozanatni u yoki bu tarafga siljishi ularning 
konsentratsiyasi va haroratga bog’liq. Yuqori konsentratsiya va past 
haroratda ular kolloid eritma hossasini namoyon qilsa, suyultirilgan 
eritmada va yuqori haroratda o’zini molecular eritmadek tutadi. Shuning 
uchun ularni yarimkolloid sistemalar deyishadi. Konsentratsiyasini 
MKKgacha oshirishda mitsellalar hosil bo\la boshlaydi. 
Molekulalar suvda agregatlanganda sferik mitsellalar hosil bо‘ladi, 
ularning molekulalarining uglevodorod zanjiri mitsellaning ichiga 
yoʻnalsa, qutbli guruhlari esa tashqariga qarab turadi. Organik 
eritmalarda esa shuni teskarisi:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling