Dak raisi “Arxitekturaviy loyihalash”
Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tibbiyot markazi binosi taklif loyihasi
Download 200.85 Kb.
|
Saloxiddinova F
Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tibbiyot markazi binosi taklif loyihasi
XAVFSIZLIK ISHLARI Turli balandlik va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qushilib eshitilishi shovqindir. Odamga shovqin ta`siri uning bosim darajasiga, chastotasiga va uzoq muddatli ta`sir darajasiga bog`liqdir. Tovush fizik holat sifatida havo, suv va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to`lqinsimon harakatlardan iborat bo`lib, tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo`ladi. Shovqin kasb kasalligiga olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og`riq turg`izadi va quloq shang`illab asab tizimiga ham yomon tasir etadi. Ayniqsa, fikrni to`plab, aqliy ish bilan shug`ullanishgà imkon bermaydi, ish qobiliyatini (10 - 60%) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta`sir qilishi asab tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Ayniqsa, qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek, to`xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta`sir qiladi va tez charchatadi. Biz odamlarni shovqin ta`siridan himoya qilishimiz va shovqin manbalarini aniqlashimiz lozim. Tovush bosimining darajasini odamlarga ta`sir darajasiga bog`liq holda shovqinni 3 guruhga bo`lishimiz mumkin: 1 - guruh - tovush bosimining darajasi 40dB gacha bo`lib, bunda tovush kuchsiz bo`lib, odam bu tovushga uncha ahamiyat bermaydi; 2 - guruh - tovush bosimining darajasi 40dB dan 80-90 dB gacha bo`lib, bunda shovqin manbai radio, televizor, o`zaro so`zlashish va boshqalar bo`lib, bu tovushlarni odam quloqi barchasini qabul qiladi va bu diapozonda tovush sifatlarini ajrata oladi; 3 - guruh - tovush bosimining darajasi 90dB dan120-130 dB gacha bo`ladi. Bu tovushlar 120 - 130 dB dan yuqori bo`lsa, quloq pardasini yirtib yuborishi mumkin. Agar shovqin 100-120 dB darajada bo`lsa, eshitish a`zolariga zararli ta`sir etishi mumkin. Yopiq xonalardan farqli holda, ochiq teatr va auditoriyalarda tovushni qaytaruvchi to`siq devor bo`lmaganligi sababli tinglovchilarga faqat to`g`ri tovush to`lqinlari etib boradi, shu sababli tovush energiyasi to`liq kattaligiga erishib, tinglovchilar tomonidan bir damda qabul qilinadi va tovush manbai o`chishi bilan tovush ham yo`qoladi. Bino xonalarida reverberatsiya vaqtini aniqlash uchun dastlab uning hajmi aniqlanadi, alohida olingan har bir to`siq konstruktsiyalarning yuzalari ularning tovush yutish koeffitsenti ko`paytmasining yig`indisi olinadi va tovush yutishning ekvivalent yuzi aniqlanadi. Bu yuza zalda o`rtacha 70% tomoshabin bor deb 125, 500 va 2000 Gts chastotalar uchun aniqlanadi. Tovush yutuvchanlikning ekvivalent yuzasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Аum = Ʃα i Si – ƩA + αqushSum α i - to`siq konstruktsiya ichki sirtining tovush yutish koeffitsienti Si - to`siq konstruktsiya yuzasi, m2 ƩA - tomoshabin va bo`sh o`rindiqlarning tovush yutuvchanligining ekvivalent yuzalarining yig`indisi. αqush - qo`shimcha o`rtacha tovush yutish koeffitsenti,125 Gts - chastota uchun qo`shimcha tovush yutuvchanlikning o`rtacha koeffitsenti 008-0,90 va 500-200Gts uchun 0,04-0,05 qabul qilingan. Sum - tovush yutuvchi yuzaning yig`indisi, m2 Xona hajmi qancha katta bo`lsa, Shum va tovush to`lqinining erkin o`tishining o`rtacha uzunligi shunchà katta bo`lib, qaytish soni n - shuncha kichik bo`ladi. Bu kattaliklar quyidagicha:
O`lchamlari 12,5х12,5х4 metr bo`lgan bo`sh zal uchun reverberachiya vaqtini aniqlaymiz. Zalning hajmi V=625 m3, Sум =132 m2 To`siq konstruktsiyalarning materiali, ularning yuzasi va tovush yutish koeffitsienti quyidagi jadvalda keltirilgan. Tovush yuzasining ekvivalent yuzasini aniqlash
Tovush yutuvchanlikning umumiy ekvivalent yuzasini aniqlaymiz. 125Gts chastota uchun Aum 14,5+29+25,3+217,4=286 m2 500Gts uchun Aum 279 m2; 2000Gts uchun Aum 259 m2 O`rtacha tovush yutuvchanlik koeffitsientini aniqlaymiz 125Gts uchun αo`r =( Аum )/Sum= 286/132=2,16 500Gts uchun αo`r = 279/132=2,11 200Gts uchun αo`r = 259/132=0,90 Demak, αo`r < 0,2 kichik bo`lganligi uchun reverberatsiya vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz. Т = 0,163 ( V )/Аум, 125 Gts uchun Т = 0,163 ( 625 )/286=0,35 С 500 Gts uchun Т = 0,163 ( 625 )/279,7 = 0,36 С 2000 Gts uchun Т = 0,163 ( 625 )/259 = 0,39 С. Aniqlanayotgan reverberatsiya vaqti shu hajmga ega bo`lgan zalning me`yoriy reverberatsiya vaqti bilan solishtiriladi. hisoblar natijasidan ko`rinib turibdiki, hisobiy reverberatsiya vaqti standart reverberatsiya vaqtidan katta ekan. Ko`pincha hisobiy reverberatsiya vaqti standart reverberatsiya vaqtidan katta bo`ladi, shu sababli zalning tovush yutuvchanlik xususiyati oshiriladi. Buning uchun talab etilgan reverberatsiya vaqti asosan quyidagi formula orqali hisoblanadi. φ(α_o`r^(t.e)) = 163/(Тt.eSum) φ(α_o`r^(t.e)) - kattalikka asosan o`rtacha tovush yutish koeffitsienti α o`rnini aniqlaymiz. Shunga asosan quyidagi formula yordamida zalning talab etilgan umumiy tovush yutuvchanligini ekvivalent yuzasini aniqlaymiz. A_o`r^(t.e )- (α _o`r^(t.e)) . Shum. Aniqlangan bu kattalikni A um ko`rsatkich bilan taqqoslab, zalda mo`tadil reverberatsiya vaqtini hosil qilish uchun qancha tovush yutuvchan ekvivalent yuza kerakligi aniqlanadi. hisobiy va talab etilgan reverberatsiya vaqtlarining farqi ± 10% dan oshmasligi lozim. Yopiq xonalarning geometrik akustik asoslari - reverberatsiya vaqti asosiy hisoblansa ham, ba`zan katta zallarning mo`tadil akkustik muhit yaratish uchun etarli emas. Katta zallarda tovushning eshitish sifati reverberatsiya vaqtiga, balki erta qaytgan tovush to`lqinlarining strukturasiga ham bog`liq. Bu zalning geometrik shakliga, plastikasiga va inter`eriga bog`liq. Zalda o`tirgan tomoshabin yoki tinglovchiga to`g`ri tovush bilan devor va shiftdan bir necha marta qaytgan tovush to`lqinlari ham etib keladi. Agar ko`p marta urilib qaytgan tovush to`lqinlari bilan to`g`ri va boshqa tovush to`lqinlari bir nuqtada kesishsa, ko`pincha, usha joyda aks sado kuzatiladi. Bu kesishgan nuqta geometrik akustik fokus deyiladi. Agar geometrik akustik fokus tomoshabin o`tirgan zalda bo`lsa, bu zalda akkustika qoniqarsiz bo`ladi. shu sababli zal tipidagi binolarni loyihalashda ularning devor va shiftlarining geometrik shakli hamda ular sirtidan qaytgan tovush nurlarining strukturasi ham e`tiborga olinadi. Ko`pincha tovush nurlarining tushish burchagi, qaytgan tovush nurlarining burchagiga teng. Egri va qabariq sirtli zallarda geometrik akustik fokusning joylashgan nuqta koordinati sirtning egrilik radiusiga bog`liq. Shu sababli bu turdagi binolarni loyihalashda, zalning akkustik muhitini yaxshilash uchun sirtlarning egrilik radiusini shunday tanlash lozimki, bunda akkustik fokus xona yoki tomoshabin o`tirgan zaldan tashqarida joylashgan bo`lsin. Egri qabariq sirtlardan tovush nurlari sachrama tarzda tarqaladi. Inter`eri bunday pastlik pardoz qatlam bilan jihozlangan tarhi aylana va elliptik shakliga ega bo`lgan binolar amaliyotda ko`p qo`llaniladi. Tarhi doira shaklidagi silliq devorli binolarda akkustik fokus paydo bo`lishi bilan birgalikda, ularda sirpanuvchan tovush ham paydo bo`ladi. Yopiq xonalarda aks-sado tovush to`lqinlarining shifi va devorlardan urilib qaytishidan hosil bo`lsa, katta zallarda esa devor va shift sirtlarida ishlatilgan pardoz qatlamning tovush qaytarish koeffitsienti katta bo`lganda ham paydo bo`ladi. Aks-sado zalning eng asosiy kamchiligidir. Bu turdagi binolarni loyiha qilishda aks-sadoning hosil bo`lmasligi uchun quyidagi muhandislik tadbirlari amalga oshiriladi. Estrada yoki sahnaga yaqin bo`lgan devor yoki shift qismlarini botiq-qabariq qilib asosiy qismiga nisbatan keskin o`zgartirish; Sahna ustiga yoki uni yaqiniga osma tovush qaytargich to`siq (ekran) qo`yish; Tomosha zalining orqa devoridan hosil bo`ladigan aks-sadoni yo`qotish uchun parter yoki amfiteatr qiyaligini keskin ko`tarish lozim. Shovqin insonning umumiy holatiga ta`sir ko`rsatadi, ahvolining yomonlashuvi yuzaga keladi, bu esa mehnat samaradorligini pasaytiradi, xatolar qilishga, shikastlanishiga sababchi bo`lishi mumkin. Tovush balandligi - eshitish sezgisi o`lchamini baholaydi. Tovush balandligining darajasi fonlarda o`lchanadi. Ta`sirni baholash uchun butun chastotalar diapazoni oktava chiziqlariga bo`lingan, ularda yuqori chegara chastotasi past chegara chastotasidan 2 martaga ko`p. Oktavani xarakterlovchi chastota sifatida uning o`rtacha geometrik kattaligi olinadi. 45 – 90 Gts - > fo`rt = 63 Gts 90 - 180 Gts -> fo`rt = 125 Gts 5000 – 11000 Gts - > fo`rt = 8000 Gts Yuqori (baland) chastota tovushlari inson hissiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bir necha shovqinli agregatlar mavjud binolarda shovqinning umumiy darajasi barcha agregatlar shovqinlar darajasining arifmetik yig`indisiga teng emas. Bir necha shovqin manbalarining shovqin yig`indisi darajasi, ulardan teng yarim bo`lingan nuqtada qo`yidagicha ifodalaniladi: L = L1 + 10 lg n; (DB ) bu erda L1 - 1 shovqin manbai darajasi n - shovqin manbalari soni. Sanitariya me`yorlariga binoan jamoatchilik va turar-joy binolarining to`siq moslamalaridan shovqin manbaiga qadar minimal masofa o`rnatadilar va ishlab chiqarish binolarida shovqinning cheklovli darajalariga yo`l qo`yadilar. Ochiq havo va hajmi bo`yicha katta binolarda sfera to`lqinining tovush bosimi darajasining kamayishi shovqin manbaidan masofa kvadratiga teng proportsionaldir: Binoning me`morchilik shakllari tovush to`lqinlarini kamaytirish yoki kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Eshiklarning yuqori qismlari shovqinni bir erga to`plab kuchaytirsa, bo`rtib chiqqan joylari shovqinni tarqatadi, tovush tezligini kamaytiradi. Eshitish organlarini individual himoyalash choralariga quyidagilar kiradi. 1. Mexanizmning aylanma qismlarini o`ta aniq hisob bilan pasaytirish va balansirovka qilish. 2. Dinamik tovush pasaytirgichlardan foydalanish. 3. Silkinish manbai bo`lgan aylanma xarakatlar sonini o`zgartirish 4 . Mashina poydevori va asosi o`rtasida zich prokladkalardan (rezina, voylok, yog`och, probka, prujina va ressorlar) foydalanish mumkin. 5.Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini aylanuvchan (podshipnik) - chayqalma, sirg`aluvchan podshipniklar bilan, po`lat detallarni plastmassalardan yasalgan detallar bilan almashtirish. 6. Mashinalar detallari uchun yopishqoq materiallar va qotirmalar qo`llash. Bunday himoya turlari shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va shovqinga qarshi kurashning asosiy choralaridan biridir. Ichki shovqinga qarshi choralar yoki ovoz ta`sirini kamaytiruvchilar sifatida doka, paxta, yumshoq rezinadan tayyorlangan materiallardan foydalaniladi. Tashqi shovqinga qarshi choralar sifatida - quloqqa mustahkam joylashtiriladigan quloqchinlardan, ya`ni, o`rtacha va yuqori chastotali shovqinlardan himoyalash uchun, VTsNIIOT - 1, 2, 3 va 4 tipidagi qo`loqchinlar ishlab chiqilgan. Download 200.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling