Masalan: g‘alaba, zafar, yutuq. Qatordagi ma’nosi hammaga tushunarli bo‘lgan, nutqda faol qo‘llanadigan, adabiy shakl sanalgan so‘z bosh so‘z deb yuritiladi.
3-topshiriq. Dialogni rollarga bo’linib o’qing va mantiqan davom ettiring. Nutqingizda leksik
antonimlardan foydalanishga harakat qiling.
(Ushbu topshiriq o’quvchilarning tezkor fikrlash, kreativlilik salohiyatini oshirishga yordam beradi. Lingvistik mavzu: Leksikalogiya. Antonimlar)
Suhbat.
—Allo, salom do’stim yaxshimisan?
—Rahmat yaxshiman . O’zing qandaysan?
—Yaxshi . Ertaga bolalar bilan kinoga bormoqchimiz sen ham borasanmi?
— …….
Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga antonim so‘zlar deyiladi. Ular zid ma’noli so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan: baland – past, yangi – eski, kecha – kunduz kabi.
Antonim so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari – barcha, achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq-yaqindan – hamma yoqdan.
Tashkiliy ishlar- 8
Kirish-5 minut
Ma'lumotlar-2-minut
1-topshiriq-7 minut
2-topshiriq- 7 minut
3-topshiriq- 7minut
4-topshiriq -7minut
Uyga vazifa berish -2-minut
Jami: 45-minut
Do'stlaringiz bilan baham: |