Dam olish vaqti


Mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’til


Download 29.52 Kb.
bet3/8
Sana13.01.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1091860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
VIII MAVZU (3)

Mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’til
Mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlarga noqulay mehnat sharoitida ishlaganliklari uchun yillik qo‘shimcha ta’til beriladi.
Korxonalarda qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa, — kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan mehnat sharoitlarini baholash uslubiyoti asosida belgilanadi.
Mehnat sharoiti o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun, shuningdek o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddati, bunday ta’tilni berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’til
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir va noqulay joylar ro‘yxati hamda yillik qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalarida tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay boshqa joylarda ham xodimlarga yillik qo‘shimcha ta’til berish nazarda tutilishi mumkin.
Yillik ta’tillarning muddatini hisoblash
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ushbu Kodeksning 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni jamlash tartibi
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling