Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism
Yog’ochlikning yumshashi va shoxlarning egilishi yoki guttaperchasimonlik
Download 42.57 Kb.
|
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmaning g’ovlashi yoki poliferatsiyasi
- Olmaning to’pbarglik va mayda barglik kasalligi
- 2.Danak mevali ekinlari kasalliklari. Monilioz.
Yog’ochlikning yumshashi va shoxlarning egilishi yoki guttaperchasimonlik. Kasallik ilk bor 1945 yili Angliyada qayd etilgan.
Kasallikning o’ziga xos belgisi – shoxlarning egilishi. Mevalarning vazni ta’sirida daraxtlarning shox-shabbasi pastga egilib qoladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – mikoplazmali tanalar, ular ekish materiali bilan tarqaladi. Patogen ta’sirida o’simlikda lignin kam xosil bo’ladi va shoxlarning egiluvchanligi susayadi. Zararlangan daraxtlarda mayda mevalar shakllanadi, ularning xosildorligi 20-30% gacha pasayadi. Olmaning g’ovlashi yoki poliferatsiyasi. Kasallik olma va bexini zararlaydi. O’simlikda shoxlovchi yog’li novdalar mo’l xosil bo’ladi, ularni ko’pincha «jodugar supurgisi» deb atashadi. Zararlangan o’simlik barglari xlorotik, mayda, bandi kalta va barg yonligi kattalashgan bo’ladi. Bunday barglar vaqtidan ilgari to’kilib ketadi. Ba’zan kasallangan o’simliklarda kech gullash va gullarning xunukligi kuzatiladi, ulardan mayda, ranggi kuchsiz va ta’m sifatlari juda past mevalar rivojlanadi. Kasallik ta’sirida urug’ vazni (45-60%) va unuvchanligining pasayishi (35-67%) to’g’risida xam adabiy ma’lumotlar mavjud. Kasallik qo’zg’atuvchisi – mikoplazmali tanalar. Patogen payvand qilishda beriladi. Olmaning to’pbarglik va mayda barglik kasalligi. Zararlangan daraxtlarning o’sishi sekinlashadi, novdalar kuchsiz o’sadi, barglar dag’al, mo’rt va to’lqinsimon bo’lib shakllanadi, ularning cheti yuqoriga qayriladi va kosasimon shaklga kiradi. Zararlangan o’simlik barglarining o’lchami sog’lomlarnikidan deyarli ikki barobar kichik bo’ladi. Bunday o’simliklar normal gullay-di, ammo meva tugmaydi. Kasallik qo’zg’atuvchisi– Pyrus virus 2 Smith. U o’simliklarni payvand qilishda beriladi. Olmada mayda barglik tuproqda rux etishmasligidan xam kelib chiqishi mumkin. 2.Danak mevali ekinlari kasalliklari. Monilioz.Danakli meva ekinlarining deyarli xamma joyda tarqalgan zararli kasalliklaridan biri. U o’simliklarning butun vegetatsiyasi davrida yuzaga keladi. Baxorda gullarning qo’ng’ir tusga kirishi va qurishi, yosh barglarning so’lishi va qurishi, mevali shox va bir yillik novdalarning nobud bo’lishini keltirib chiqaradi. O’simlikning barcha zararlangan qismlari kelgusi yil baxorigacha daraxtda saqlanadi. Nam ob-xavoda ularda kulsimon yostiqchalar – patogenning spora xosil qilishi kuzatiladi. Kasallik juda tez tarqaladi. Zararlangan to’pgullar va novdalar kuydirilgandek ko’rinadi, shu bois kasallikni ko’pincha monilial kuyish deb atashadi. Mazkur kasallikni gullarning erta bahorda kuzatiladigan ertalabki ayozlardan zararlanishi bilan adashtirmaslik lozim. Danakli meva ekinlarida monilioz qo’zg’atuvchisi – Hyphomycetalestartibiga mansub MoniliacinereaBonkeng ixtisoslashgan takomillashmagan zamburug’i, u qariyb 12 turdagi danakli meva ekinlarini (olcha, olxo’ri, shaftoli va x.k.) zararlaydi. Patogen mitseliy va konidial spora xosil qiladi. Konidiyalarining o’lchami (odatda 9,5-12x6,9 mkm) rivojlanayotgan substrati va xarorat sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin. Zamburug’ o’simlikning zararlangan a’zolarida mitseliy ko’rinishida qishlaydi, baxorda ularda infeksiya manbai bo’lib xizmat qiluvchi yangi konidial sporalar xosil bo’ladi. Kamdan-kam xollarda konidiyalari xam qishlaydi. Daraxtlarning gullash davrida ob-xavoning salqin va nam kelishi moniliozning tez rivojlanishiga imkon beradi. Past xaroratlar gullashni cho’zadi, yuqori namlik esa (ayniqsa yomg’ir va tuman vaqtida) konidiyalarning tez shakllanishi va tarqalishiga yordam beradi. Ayrim xududlarda danakli mevalarning monilioz qo’zg’atuv-chisi xaltali davr – Monilinia cinerea Hon. xosil qilishi mumkin. Bunday xolatda o’simlikning qishlovchi zararlangan a’zolarida konidial sporalar bilan bir qatorda apotetsiylar xosil bo’ladi, ularda xaltasporali xaltalar rivojlanadi. Xaltasporalari ellipssimon, bir xujayrali, rangsiz, o’lchami 10,6-15,2x5,6-7,6 mkm. Ular konidiyalar kabi birlamchi infeksiya manbai xisoblanadi. Download 42.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling