Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet12/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Nokning xalqali mozaikasi. Erta baxorda 3-5 kunlik barglarda noaniq och tusli dog’lar paydo bo’ladi, keyinchalik ular xira yashil yoki sariq rangli xalqa, chiziqli bezak va yoy shaklida ifodalanadi. Jazirama kunlar boshlanishi bilan chidamsiz navlarda barglar nekrotiklanadi va nobud bo’lgan to’qimalar to’kiladi. Yozning ikkinchi yarmida chidamli navlarda kasallik belgi-lari deyarli yo’qoladi va yangi barglarda u kuzatilmaydi. Kasallik belgilari ba’zan pishgan mevalarning po’stida yashil yoki to’q tusli xalqalar ko’rinishida paydo bo’ladi, ammo bunda mevalarning shakli o’zgarmaydi va etida nekrotiklik kuzatilmaydi. Sernam yillarda xalqali mozaika kuchsiz namoyon bo’ladi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – olma barglarining xlorotik dog’la-nish virusi. Virusning shakli ipsimon, o’lchami 60x12 nm. Kasallik juda xavfli (ayniqsa ko’chatzorlarda). Zararlangan yosh daraxtlar o’sishdan to’xtaydi, barg satxi, novdalarning uzunligi va novdalarning aylanasi kamayadi.
Nok barg tomirining sarg’ayishi yoki nok barglarining qizil dog’lanishi. Nok barglarining mayda tomirlari (ikkilamchi va uchlamchi) bo’ylab xlorotik xoshiyalanish va ola-chiporlik yuzaga keladi. Kasallik belgilari ko’chatlar va yosh daraxtlarda ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi. Chidamsiz navlarda yoz oxirida barglarning qizarishi kuzatiladi. Katta yoshli daraxtlarning barglarida xlo-rotik ranglar paydo bo’ladi, ko’pincha ular latent shaklga kiradi. Latent shakldagi zararlanish bexida xam qayd etilgan.
Ko’pgina olimlar tomirlarning sarg’ayishini mikoplazmali kasallik deb xisoblashadi. Infeksiya o’simliklarni payvand qilishda beriladi. Zararlangan o’simliklarning xosildorligi 10-15% gacha pasayadi.
Ma’lumki, bexi qalamchalari nok uchun payvandtag sifatida keng qo’llaniladi, shu bois kasallikning yalpi tarqalib ketishining oldini olishga qaratilgan fitosanitar nazorat muxim axamiyatga ega xisoblanadi.
Yog’och egatsimonligi yoki olma shoxlarining yassilanishi. Kasallik olma, nok, bexi va chetanda uchraydi. Aloxida shoxlarning qalinligi notekis o’sa boshlaydi, natijada o’yiqliklar va chuqur egatlar xosil bo’ladi. Zararlangan shoxlar yassi yoki buralgan ko’rinishga kiradi. Kasallikning tipik belgilari 2-3 yoshdan oshgan daraxtlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Novda qalinligining notekis o’sishi natijasida po’stloqda yoriqlar yuzaga kela-di, ularga bakteriyalar va zamburug’lar joylashib olishi mumkin. Kasallik patologiyasi kambiy faoliyatining buzilishi va uning notekis rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Kambiy faqatgina parenxima xujayralarini xosil qiladi va o’tkazuvchi naylarni shakllantirmaydi, bu esa ildizlardan ozuqa elementlarining kelishi va assimilyatlarning ularga oqishini buzilishiga olib keladi.
Virus virioni ipsimon shaklda, o’lchami 600-700x12 mkm, 60-670S haroratda inaktivatsiyalanadi, muzlatishni yaxshi o’tkazadi. Tashuvchisi aniqlanmagan.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling