Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism
Download 42.57 Kb.
|
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Qora rak
Hamma joyda, ayniqsa quyi agrotexnika sharoitida etishtirilayotgan olmada kuzatiladi. Ko’pincha tana po’stlog’i, skelet va yarim skelet shoxlar zararlanadi. Kasallik barg, gul va mevalarda xam uchrab turadi. Olma va bexining yog’ochli qismlarida qora rak dastlab po’stloqda qo’ng’irbinafsharang dumaloq dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Dog’lar rivojlangan sari sog’lom va kasallangan maydon-lar chegarasida burmalar xosil bo’ladi, po’stloq qorayadi va ko’pincha bo’ylama va ko’ndalang yoriqlar to’ri bilan qoplanadi. Keyinchalik po’stloq nobud bo’ladi, to’kiladi va qoraygan yog’ochlik yalong’ochlanib qoladi. Bunday tipdagi zararlanish xavfli xisoblanadi, chunki dastlab zararlangan shoxlar, keyin esa butun daraxt nobud bo’ladi. Kasallikning boshqacha tipdagi ko’rinishida shoxlarning (asosan ingichka shoxlar) po’stlog’i shishadi, keyinchalik yoriladi va parcha-parcha bo’lib osilib qoladi. Shoxlar tezda qurib qoladi, ulardagi barglar jigarrang tusga kiradi va osilib qoladi, tashqi ko’rinishidan bunday shoxlar olovda kuyganday ifodala-nadi, shu bois ba’zan qora rakni «antonov olovi», «kuyish», «olovdor» deb atashadi. Nokning yog’ochlik qismlari zararlanganda uning po’stlog’ida, odatda novdalar, shuningdek singan va boshqa shikastlangan joylar atrofida joylashuvchi chuqur konsentrik yoriqlar xosil bo’ladi. Nobud bo’lgan po’stloq qoraymaydi, ammo engil uqalanib ketadi va yog’ochlik yalong’ochlanib qoladi. Nok va bexining yog’ochlik qismlarida qora rakning o’ziga xos belgisi – po’stloqda epidermis ostida piknidalarning xosil bo’lishidir, natijada po’stloq yuzasi qavariqli (qurt terisi) bo’lib qoladi. Barglarda kasallik dastlab juda mayda, qizg’ish-jigarrang xollar ko’rinishida paydo bo’ladi, ular o’sib dumaloq dog’larni xosil qiladi. Keyinchalik dog’lar tarqoq qizg’ish-jigarrang konsentrik mintaqalar bilan kattalashadi, ular to’q tusli yo’laklar bilan ajralib turadi. Barglardagi dog’larning diametri 5-7 mm gacha boradi, ba’zan bargning chorak qismini egallab oladi. Barglardagi qora rak barcha navlarda kuzatiladi, shu bois uning zarari turlicha bo’ladi. Gullarda qora rak kam uchraydi. Zararlangan gullar qora rangga kiradi, gultojbarglari burishadi, changchi va urug’chisi qorayadi. Ba’zan urug’chi va changchi iplarida piknida xosil bo’ladi. Mevalarda kasallik och tusli aylanalar bilan navbatlashib keluvchi qo’ng’ir botiq dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Chirish tez tarqaladi va tezda butun mevani qamrab oladi. Ularning yuzasida epidermis ostida qora nuqtalar ko’rinishida piknidalar shakllanadi. To’liq chirigan meva burishadi, to’q qo’ng’ir yoki yaltiroq qora tusga kiradi va piknidalar bilan qoplanadi. Piknidalarning zichligi 200 dona/sm2 ga etishi mumkin. Mevalar asosan yig’im-terimdan oldin kuchli zararlanadi, ba’zan kasallik tashish va saqlashda xam kuzatiladi. Ayrim xollarda zararlangan mevalar chirimaydi, balki qattiqlashadi, quriydi, mumifikatsiyalanadi, ularning yuzasi piknidalar bilan qoplanadi. Bunday mevalar ko’pincha daraxtda qoladi. Qora rakning qo’zg’atuvchisi – Sphaeropsidales tartibiga mansub Sphaeropsis malorum Peck takomillashmagan zamburug’i. Zamburug’ o’zining rivojlanish doirasida mitseliy va piknosporali piknida xosil qiladi, biroq adabiyotlarda uning xaltali davr – xalta va xaltasporali psevdotetsiy xosil qilishi to’g’risida xam ma’lumotlar mavjud. Mazkur xolatda u Physalospora cycloniae Arn. deb ataladi. Epidermis ostidagi piknidalar etilgach, uni yoradi va yuzaga qora qavariqcha ko’rinishida chiqadi. Ularning aksariyati sharsimon shaklda (diametri 150 dan 500 mkm gacha) bo’ladi, ammo tuxumsimon, ba’zan esa uchi egilganlari xam uchrab turadi. Piknidaning devorlari qalin, ranggi to’q qo’ng’ir yoki qora. Piknidadagi piknosporalar dastlab rangsiz, bir xujayrali, ammo pishganda jigarrang yoki to’q qo’ng’ir rangga va ayrim xollarda ko’ndalang to’siqqa ega bo’ladi. Piknosporalarning o’lchami 20-39x10-18 mkm. T.V. Pestinskiy o’z tajribalari bilan Sph. malorum ning piknida va piknosporalarining o’lchami, shuningdek sun’iy muxitda o’stirishda muxit pigmentatsiyasi va mitseliysining ranggi bilan farqlanuvchi ikkita kenja turi mavjudligini isbotladi: colorata va hyalina. Piknosporalar etilganda piknida burchakli yoriq bo’lib yoriladi, mo’l shudring va yomg’irli ob-xavo mazkur jarayonni tez-lashtiradi, bu esa piknosporalarning sochilishi va daraxtlar-ning yalpi zararlanishiga imkoniyat xozirlaydi. Qurg’oqchilik yillarida ba’zan piknidalar xosil bo’lmaydi, ularning shakllanishi kelgusi yili baxorda kuzatiladi. Piknosporalar ko’pincha piknidalarda qishlashi mumkin, baxorda issiq va nam ob-xavo yuzaga kelganda ular sochiladi va o’simliklarning yangi zarar-lanishini keltirib chiqaradi. Piknosporalar tomchi namlikda va xarorat 5 dan 330S gacha bo’lganda (qulay chegarasi 25-270S) o’sadi. Spora bitta yoki ikkita rangsiz o’simta naycha xosil qiladi. Kasallikning inkubatsiya davri po’stloq zararlanganda 15-27 kunga cho’zilishi mumkin. Mevalar zararlanganda dog’larning xosil bo’lishi 6-9 kundan so’ng, piknidalarning paydo bo’lishi esa 17-24 kundan so’ng kuza-tiladi. Daraxtlarning qora rak qo’zg’atuvchisi bilan yalpi zararla-nishi ko’pincha po’stloq yaralanganda va shikastlanganda kuzati-ladi. Ayniqsa noqulay tuproqiqlim sharoitlari ta’sirida kuch-sizlangan daraxtlarda kasallik kuchli rivojlanadi. Ko’pincha mitseliyning zararlangan to’qimadan sog’lomlariga tarqalishiga po’stloq zararkunandalari (po’stloqxo’r, steklyannitsa va b.) yordam beradi. Novda va shoxlarning zararlangan po’stlog’ida zamburug’ saqlanadi va mitseliy ko’rinishida qishlaydi. Baxorda o’simlikda shira xarakati va to’qimalarning o’sishi boshlanganda, mitseliy xam zararlangan joy atrofi bo’ylab rivojlana boshlaydi. Tajribalarda isbotlanganki, olmadan nokka yoki nokdan ol-maga olib o’tilgan Sph. malorum bir xil kuch bilan rivojlanadi. Mitseliy zararlangan joyga yondashgan sog’lom po’stloqda xam rivojlanishi mumkin (ammo nekroz dog’i chetidan 1 sm dan ortiq bo’lmagan masofada). Qora rak juda katta zarar etkazadi. Zararlangan daraxtlar 3-4 yildan so’ng nobud bo’ladi. Kasallik ayniqsa mevali bog’larga katta talofat etkazadi. Urug’li mevalarning qora rakka chidamliligi ko’p jixatdan daraxtning xolati va joyning tuproq-iqlim sharoitlariga bog’liq. Yosh va kuchli daraxtlar katta yoshlilariga nisbatan kamroq zararlanadi. Ko’pincha kuchli rivojlangan daraxtda po’kakli qatlam lokalizatsiyasi yuzaga kelgan xolda qora rak zararlanishlarining davolanib ketishi kuzatiladi. Kasallikka chidamlilik navga xam bog’liqligini ko’pgina mualliflar qayd etishgan. Mikroo’g’itlarni qo’llash olmaning kasallikka chidamliliinfeksiyagini oshiradi, qora rak yaralarining rivojlanishini to’xtatadi va bir vaqtning o’zida o’simlikning o’sishi va rivojlanishini kuchaytiradi. Oddiy rak Olma va nokning novdalari, skelet va yarim skelet shox-larida ba’zan qora rak yaralarini eslatuvchi zararlanishlar kuzatiladi. Uning sababchilari oddiy rak va sitosporoz bo’lishi mumkin. Kasallik ko’pincha katta yoshli daraxtlarda kuzatiladi, ammo ko’chatzorlada xam uchrab turadi. Oddiy yoki Evropa raki kichik, sekin rivojlanuvchi botiq dog’ ko’rinishida paydo bo’ladi, unda g’urralar, yoriqlar, ularning atrofida esa to’q qizil qavariqlar – piknidalar xosil bo’ladi. Oddiy rakning ochiq va yopiq shakllari farqlanadi. Olmada ikkala shakli, nokda esa faqatgina ochiq shakli kuzatiladi. Rak-ning ochiq shakli novda va shoxlarda (ko’pincha ularning burchagida) burishgan shishli ochiq yaralar, yopig’i esa – yarani deyarli to’liq qoplab oluvchi g’urralar xosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Oddiy rak qo’zg’atuvchisi –Hurocrealestartibiga mansub Nectria galligena Bres. (Dialonectria galligena Petch.) xaltali zamburug’i. U o’simlikka faqatgina shikastlangan joy orqali kiradi, shu bois kasallik sovuq urgan, qirqilgan va boshqajoylarda rivojlanadi. Zamburug’ xaltali va konidial spora xosil qiladi. Xaltali spora xosil qilishi peritetsiyli stroma bilan ifodalanadi, unda xaltasporali xaltalar shakllanadi. Peritetsiysi sharsimon, to’q jigarrang, o’lchami 225-375x210375 mkm. Xaltalari to’qmoqsimon (75-90x12-15 mkm), 8 tadan qalin devorli, ikki xujayrali xaltasporalarga (9-10x5-7 mkm) ega. Konidial spora xosil qilishi mikro va makrokonidiya ko’rinishida paydo bo’ladi, ular mitseliyda yoki yosh stromada shakllanadi. Mikrokonidiyalari bir xujayrali, o’lchami 4-6x1.5 mkm, makrokonidiyalari esa biroz oysimon, ko’p xujayrali (4-6 to’siqli) va yoshiga bog’liq ravishda o’lchami 12-24x3,6-5,4 dan 45- 60x4-6 mkm gacha bo’ladi. Konidial davrida zamburug’ ko’pincha CylindrocarponmaliWr. deb ataladi va uni Melanconiales(Acervulales) tartibiga kiritishadi. Patogen mitseliy va peritetsiy bilan qishlaydi, xarorat 2 dan 300S gacha bo’lganda rivojlanadi. Sporalarning sochilishida namlik muxim rol o’ynaydi, shu bois ularning tarqalishi baxorgi va kuzgi yomg’irli kunlarda kuzatiladi. Kasallik po’stloqning o’tkazish faoliyatini buzadi, buning natijasida moddalar almashinuvi xam buziladi. Zaxira uglevodlar o’simlikning er ustki a’zolarida ko’plab to’planadi, ildiz-larda esa ularning miqdori keskin kamayib ketadi. Suv balansining buzilishi yosh novdalarning rivojlanishini susaytiradi. Oddiy rak bilan zararlangan daraxtlar qishga chidamsiz bo’lib qoladi. Download 42.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling