Dang`ara va koson tumani reja


Dang`ara va Koson tumanlarining aholisi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari


Download 200.42 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi200.42 Kb.
#1445723
1   2   3
Bog'liq
DANG`ARA VA KOSON TUMANI

3.Dang`ara va Koson tumanlarining aholisi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari

Dang`ara tumani-aholi soni 160.9 ming kishi (2016). Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 374a kishi toʻgʻri keladi. Aholining 76% dan koʻprogʻi qishloqlarda istiqomat qiladi.



Koson tumani- aholisining aksari qismi oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 160 kishi (2022) toʻgʻri keladi. Shaharliklar 156,3 ming kishi, qishloq aholisi 141,2 ming kishi (2022-yil).
4.Tumanlar iqtisodiyoti: a) sanoat tarmoqlari, b) qishloq xo`jaligining ixtisoslashgan sohalari, c) transport tarmoqlari, d) ijtimoiy sohalar
Dangʻara tumani-Xoʻjaligi, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Pillachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar mayd. 32,5 ming ga. Dangʻara tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 13 ming qoramol, 16 ming qoʻy-echki, 15 ming parranda boqiladi. 6 sanoat korxonasi, 10 qurilish-taʼmirlash tashkiloti, 2 avtokorxona, 9 savdo va tayyorlov shoxobchasi, boʻrdoqichilik bazalari, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari mavjud. 1997-yilda Soyshildir tikuvchilik fabrikasi, Dangʻara konserva zavodi ishga tushirildi. 330 dan ortiq kichik korxonada turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Dangʻara tumanida 1 jamoa xoʻjaligi, 5 shirkat mavjud.
Dangʻara tumanidan Toshkent—Oʻsh—Qashqar, Qoʻqon—Xoʻjand, Qoʻqon —Namangan, Qoʻqon—Jomashuy avtomobil yoʻllari oʻtgan. 40 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 2 kollej bor. Dangʻara tumanida 6 madaniyat saroyi, 53 kutubxona, 67 sogʻliqni saqlash muassasasi, 6 kasalxona mavjud. 1941-yildan „Gʻalaba“ tuman gazeta chiqadi (adadi 5496).
Koson tumani-Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, chorvachilik.Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022-yil 1-oktabr holatiga Koson tumani boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 3388 tani tashkil etdi. Tumanda paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, non kombinati, yogʻ-ekstraksiya zavodi, gʻoʻzapoyadan karton qogʻozi ishlab chiqariladigan oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasi, "Koson Baxt textile", „Istiqlol“ savdo-sanoat korxonasi, gʻisht zavodi, qandolatpazlik va kulolchilik sexlari, bosmaxona, Koson, Poʻloti, Alatun dehqon bozorlari bor. 2 qoʻshma korxona, 67 kichik korxona, 2 kooperativ korxona, 9 qishloq xoʻjaligi kooperativi, 14 fermer xoʻjalik uyushmasi, Yerqoʻrgʻon parrandachilik fabrikasi mavjud.
Koson tumanining tashqi savdo aylanmasi:
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022-yil 1-mart holatiga Koson tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 7,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Shundan:
🟣Eksport – 4,1 mln. AQSh dollari
🟣Import – 3,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 144,9 ming ga, paxta 24,8 ming ga, gʻalla 26,7 ming ga yerga ekiladi.
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 45,7 ming qoramol, 196,3 ming qoʻy va echki, 10,9 ming parranda boqiladi (2003). 2022-yil 1-yanvar holati boʻyicha Koson tumanida 2,4 ming ot mavjud.
Tumanda 102ta umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 50 000 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. 5 kasb-hunar maktabi, 36 kutubxona, 12 ta madaniy muassasa mavjud. 865 oʻringa moʻljallangan 8 kasalxonada 274 vrach ishlaydi. Tugʻruqxona, poliklinika, dorixona bor. „Umid yulduzi“ tuman gaz. 1998-yildan chiqadi (adadi 8200 dan ziyod).


Download 200.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling