Darija kiri


Download 0.51 Mb.
bet7/16
Sana03.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1743152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби

G’unchani yod aylamakda, yor, gulzoring g’araz,
Tо‘tidin dam urmakim lazzati guftoring g’araz,
Kim qaribi ul harimidur sazovoring g’araz,
Ey quyosh vasfin demakdin mohi ruxsoring g’araz,
Obi hayvon zikridin la’li shakarboring g’araz.

Ayniqsa, sо‘nggi ikki band shoirlar dunyoqarashini, ijodiy va hayotiy maqsadlari mohiyatini yoritishda nihoyatda muhim. Barcha bandlarda ishq va oshiqning qilmishi va holati bayon etilgan. Demak, inson, ma’lum darajada, ruhiyatida aza­liy ishq bilan tug’ilar ekan. Ana shu ishq uning ba’zan masrurligiga, ba’zan esa iztirobiga sabab bо‘lar ekan. Ishq har kimda har xil darajada bо‘ladi. Biz mazkur asar vositasida Navoiy bilan birga Uvaysiy ijodidagi ishq va timsollar mohiyati borasida ham xulosa chiqarish imkoniga ega bо‘lamiz. Chunki Uvaysiy bog’lagan misralar Navoiy g’oyalarini tо‘lg’azishi bilan birga, shoira lirik qahramonining ishqdagi darajayu maqomini belgilash imkonini ham beradi:


Necha mendek charxning ostida afgor etmaging,
Necha mendek Mansuri Xallojni dor etmaging,
Ishq savdosi bila rasvoi bozor etmaging,
Ul quyoshqa, ey falak, men zarrani zor etmaging,
Zarrai maqsud yо‘q juz bizga ozoring g’araz.

Mazkur misralarda oshiq о‘zini zarra, ma’shuqani quyosh-ga mengzaydi. Mazkur timsollar Navoiy fikrlari ramziy ma’no kasb etishini kо‘rsatadi. Unda ilohiy tajalli fal-safasi nazarda tutilgan. Buni yaxshi anglagan Uvaysiy qо‘shim-cha misrada "Anal Haqlik" g’oyasining asoschisi Mansur Halloj timsolini yodga oladi. Eng muhimi о‘zini oshiq sifa-tida Mansur Hallojga tenglashtiradi. Bu aniqlashtiruv maz­kur banddagi Navoiy maqsadini yanada mukammallashtiradi va о‘quvchi tafakkuridagi munosabatni oydinlashtirishga xizmat qiladi.


Falsafada sabab va oqibat tushunchasi bor. Oqibatni biz maqsad deb anglasak, sо‘nggi misrada maqsadga yetish yо‘qligi, balki sababning о‘zi oqibat, ya’ni maqsadligi bayon etiladi. Bunda biz vaxdati vujud, tajalli, Anal Haq tushunchalari-ning mohiyati ifodasini kо‘ramiz. Uvaysiy va Navoiy ijodining falsafiy asosi bitta, ya’ni naqshbandiylik tariqati. Shu bois shoiraning olam, borliq, hayot mohiyati haqidagi mulohazalari ustozi tasavvuriga yaqin va monand.
Uvaysiy taxmisda Navoiy fikr, g’oyalarini takomillashtirar ekan, sо‘z va timsol qо‘llash, badiiy tasvir vositala-ridan foydalanish mahoratiga alohida e’tibor qaratadi. Asardagi tugyonli tuyg’ular ifodasi tо‘lqinli ritm vosita­sida-tasvirlanadi. Dastlabki misralarda ishq va oshiqlik sabablari sokin bir ritmda bayon etib boshlansa, ma’lum bandlarga borib, tо‘lqin eng yuqori g’alayonli chо‘qqiga chiqa-di. Sо‘nggi bandga borib tuyg’ular ritmi yana sokinlashadi. Dilga lirik qahramon tomonidan charxdan shikoyat noо‘rinligi, balki azaldan ishq elining haloki uchun qotil kо‘z yaratilgani tushuntiriladi. Umrning vafosizligi, о‘tkinchiligiga sababchi ham shо‘x, jafokor dilbar ekanligi ta’kidlanadi. Shu о‘rinda Navoiy fikrlari bidan Uvaysiy fikrlari ma’noviy va shakliy zanjir hosil etganini kо‘ramiz. Jumladan, Navoiy umr о‘tkinchiligi haqida sо‘zlar ekan, Uvaysiy "...xazon yafrog’idek Vaysiy yuzi" degan jumlani qо‘llaydi. Shu birgina tashbeh ikki shoir fikriy zanjiri-ni yaratadi. Chunki yaproq umrini yashab bо‘lganda xazonga ay- lanadi. Xazon — umr sо‘ngi ramzi. Unda umr yaproq hayoti kabi qisqaligi g’oyasi Uvaysiy mahorati tufayli singdiriladi. Sо‘nggi bandda oshiq dil sokinlashadi. Ammo, bu tushkun-lik belgisi emas, balki falsafiylik, donishmandlik bi-lan muzayyan sokinlik. Xazon timsoli vositasida asarga kuz faslidagi donishmandlik va falsafiylik kirib keladi. Bu esa о‘quvchini qisqa umrning g’animatligini anglashga, uni muhabbat va donolik bilan yashab о‘tishga rag’batlantiradi.
Uvaysiy Navoiyning turli - oshiqona, falsafiy — ori-fona va pandnoma yо‘nalishdagi g’azallariga taxmis bog’la-gan. Quyidagi asar pandnoma yо‘nalishidagi g’azalga bog’langan taxmis. Navoiyning mazkur "Hayf" radifli g’azali 8 baytdan iborat. Quyidagi baytdan u shoirning umri sо‘ngida yozilgan asari degan xulosaga kelishimiz mumkin:



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling