Dariy adabiyoti
Babrak arg‘and hikoyalarida obrazlar va drammatizm
Download 64.64 Kb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISH
2.2 Babrak arg‘and hikoyalarida obrazlar va drammatizm
Obraz mazmun va shaklning, mavzu va g‘oyaning birligini o‘zida mujassamlaydi. Obraz deb muayyan g‘oyaviy-estetik vazifa nuqtai nazaridan umumlashtirib, aniqlashtirib tasvirlangan insonlar, voqea-hodisalar, tabiat manzaralariga aytiladi. Obraz adabiyot va san’atda badiiy fikrlashning asosiy vositasi, g‘oyaviy mazmunni ifoda etishning muhim shaklidir. Shu sababli M.Gorpkiy obrazning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib, «Obraz - fikrni o‘stirishning tejamli usuli», - degan edi. Obraz deganda inson hayotining badiiy manzaralari tushuniladi. Inson hayotining badiiy manzaralari esa adabiy asarda quyidagi 4 Shartga asoslanib tasvirlanadi: - umumlashmalik; - aniqlik, o‘ziga xoslik; - badiiy to‘qimadan foydalanish; - tasvirda ta’sirchanlikka, his-hayajonga intilish. Umumlashmalik. Har qanday obraz umumlashma bo‘ladi. Asarda tasvirlangan birgina narsa va hodisa zaminida minglab shu narsaga o‘xshagan narsa va hodisalarning xususiyatlari va belgilari jamlangan bo‘ladi. Masalan Sharora hikoyasidagi; G‘am, qayg‘u, qorong‘ulik, barglarning shitir shitiri, nay ovozi bularning barchasi hikoyadagi tund kayfiyatni aks ettiradi va asardagi motamsarolikka ishora qiladi. Demak, badiiy asarda tasvirlangan kishilar hayotdagi odamlarning aynan o‘zi emas, balki ulardagi eng muhim hislatlarni o‘zida mujassamlagan va badiiy bir butunlikka ega bo‘lgan modelidir. Aniqlik. Yozuvchi badiiy obrazning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish bilan birga uni aniqlashtiradi, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etadi. Har bir obraz ko‘pqirrali, takrorlanmas hislatlar sifatida ko‘rsatilmasa, u jonli bo`lmaydi. Masalan : سراسیمه چراغ را روشن کردم. دیدم دختر بلند قامتی که چشمان پر فسون و جادوگری داشت، نزدیک دروازه ایستاده بود. پیراهن کمر چین سپیدش مانند گل زنبقِ بود و خرمنی موهای سیاه روی شانه ها و صورت شیری رنگش ریخته بودند. چشمان ِرشقه یی رنگ داشت و عطری تند و شهوانی از وجودش متصاعد میشد. Shosha pisha chirogʻ yorugʻligini koʻtardim. Yonimda qaddi qomati kelishgan koʻzlari joduli bir qiz turar edi. Bellari qismacha boʻlgan oppoqnilufap guliga oʻxshardi. Uzun qora sochlari sutdek oppoq yelkasi va yuzi uzra tushib turar edi. Koʻzlari zaytun rang va badanidan oʻtkir, aqildan ozdiradigan atr ufirib turardi. Yozuvchi qizga bergan tarifi faqatgina bosh qahramonga hos bo‘lib, qizning go‘zalligi, aqildan ozdiruvchi iforning tasviri orqali u qiz tasvirini boshqa qahramonlardan ajrtaib ko‘rsatadi va aniqlik baxsh etadi. Demak, haqiqiy san’at asaridagi har bir Shaxs - til va shu til bilan birga, tamomila aniq shaxsdir. Badiiy to‘qima haqida A.Qahhor «Hayot haqiqatidan badiiy to‘qimaga» maqolasida shunday degan edi: «Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lsa, bundan oson ish bo‘lmas edi. Hayotdan aynan ko‘chirish kitobdan ko‘chirishday gap. Kopiya kopiya bo‘lib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutish befoyda. Originallik hayot haqiqatini dildan o‘tkazish, unga ko‘ngildagi gaplarni singdirish, tilagini qo‘shib ifodalash bilan yuzaga chiqadi. Badiiy to‘qima yozuvchining hayotdan olgan haqqoniy taassurotlariga asoslanishi, uning samimiy his-tuyg‘ulari, teran fikrlari bilan yo‘g`‘iladi. Ta’sirchanlik. Badiiy obraz kitobxonda, albatta, hissiyot uyg‘otishi kerak. Hayotdagi xunuklikni aks ettirgan obraz kitobxonda nafrat uyg‘otsa, go‘zallikni ifodalagan obraz zavq uyg‘otadi. Yozuvchi badiiy obraz orqali estetik idealni tasvirlaydi: ideal ijobiy obrazda bevosita, salbiy obrazda esa bilvosita ifodalanadi. Yozuvchi har bir obrazga ehtiros bilan yondashishi va unga faol munosabatda bo‘lishi kerak. Ta’sirchanlik badiiy obrazning muhim xususiyati hioblanadi. Mana shu xususiyatsiz obrazni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Obrazning ijodiy metodga ko‘ra turlari. Ijodjiy metod taqozosiga ko‘ra obrazlar quyidagicha bo‘linadi: - realistik: Yo‘lchi, Xolisxon, Shomurodov. - romantik: Danko, Mehinbonu, Demon. - hayoliy-fantastik: Ixtiandr. - afsonaviy: Go‘ro‘g‘li, Alpomish. - ramziy: lochin, tong, kabutar, quyosh, momaqaldiroq. - mifologik: Axura Mazda, Axriman, Zahhok. - satirik: Inoyat oqsoqol. – mubolag‘ali: Gobsek, Alpomish. - groteskli: Gargantyua, Gulliver, Myunxauzen. - majoziy-allegorik: masallar, «Jannatga yo‘l», «Qutadg‘u bilig». Realistik obrazlar - jonli odamlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Dramatik obrazlar drama qahramonlari bo‘lib, drammatik asarlarda xarakter aniq va keskin qilib yaratiladi. Ular bir-biriga to‘qnashtirish yo‘li bilan yaratiladi. Fojiaviy qismatga ega bo‘lgan qahramonlar ham borki, ular fojiaviy, tragik obrazlar deyiladi. Asar tarkibidagi tutgan o`rniga qarab yirik hajmli asarlarda va bosh yordamchi obrazlar mavjuddir. Asar voqealarining markazida turib, syujetni harakatlantiradigan, yozuvchi ifodalamoqchi bo lgan g‘oyani o‘zida tashiydigan Shaxs bosh obraz deyiladi. Ba’zan bir hil axamiyatga ega bo`lgan ikki yoki undan ortiq obrazlar uchraydi. Ular asosiy yoki yondosh obrazlar deb ataladi. Yozuvchi obrazda turmushning ma’lum tomonlarini tasvirlar ekan, uning pozitsiyasi, narsa va hodisalarga munosabati ham namoyon bo‘ladi. Masalan: Mirzakarimboyning yuzlari xo‘rozning tojisiday qip-qizil. Bu personajning boyligini, o‘ziga pishshiqligini, jonining qadriga etib, o‘zini yaxshi parvarish qilishini, shuningdek, muallifning qahramoniga achchiq, istehzoli munosabatini bildiradiki, bu obrazga salbiy xususiyat beradi.20 Dramatizm atamasi adabiyotshunoslikda quyidagicha ifodalanadi: “Dramatizm – badiiylikdir. Dramatik “men” o‘zligini boshqa bir “men” bilan o‘zaro munosabatdagina anglaydi va namoyon etadi. Uning uchun dunyo olam tartiboti emas, balki o‘zganing (yoki o‘zgalarning – jamiyatning) hayoti sifatida idrok etiladi. Dramatik shaxs o‘zga bilan munosabatda o‘zligini namoyon etish imkoniyatlarining chegaralanganligidan qiynaladi” . SHuningdek: “Dramatizmda xato va ayblar, qahramon boshdan kechirgan mojarolar saboq chiqarish uchun ham zarur. Shuning uchun dramatizmda muallif qahramonni ko‘pincha, yangi yo‘l boshida qoldiradi. Demak, dramatik konflikt xarakteriga ko‘ra shaxsning o‘zligini namoyon etishini chegaralayotgan tashqi kuchlar bilan ziddiyatidir.”21 XULOSA O‘rganilgan tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki Babrbak Arg‘an Afg‘on adabiyoiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor hisoblanadi. Uning asarlarida badiiy tasvir ifodalari har bir o‘quvchining ko‘nglidan joy oladigan darajadi sodda va ravon tilde yozilgan. Xulos qilib shuni aytishimiz mumkinki: Babrak Arg‘and umrining 30 yildan ortig‘ini yozuvchilikka bag‘ishlagan. Babrakning ota shahri Kobulning Pag‘mon tumanidagi Arg‘and qishlog‘I hisoblangan. Bu qishloq Kobul sharidan 20 kelometr uzoqlikda joylashgan. U ota tomondaт pashtun qavmidan bo‘lib Solaymonxil qabilasiga mansub bo‘lgan. Bu qavmning ajdodlari hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Yozuvchining asarlari ikki davrga bo‘lib o‘rganiladi: muhojirat (Yevropaga) qilishidan oldin yozilgan asarlar va muhojiratdan kiyingi asarlar. Adabiyot nazariyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg`u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" dеb ataladi. Masalan: Babrak Arg‘andning “Tovusning onasi” (ننه طاووس) asarida ما طاووس یکراست به طرف ننه آمد: -ننه! بیا که جنگ تمام شد... بیاکه اشرف و افرادش کشته شدن!22 Tovus tog‘ri onasining oldiga keldi va: Ona! Kelaver jang tugadi… Kelaver Ashraf va uning gumashtalari halok bo‘ldi! Kelaver (بیا که) so‘zini bir gapda ikki marotaba qo‘llash orqali Tovusning ichidagi his hayajon, onasining oldiga talpinish kabi his tuyg‘ularni yanada ochib berishga harakat qilgan. Obraz deganda inson hayotining badiiy manzaralari tushuniladi. Inson hayotining badiiy manzaralari esa adabiy asarda quyidagi 4 Shartga asoslanib tasvirlanadi: - umumlashmalik; - aniqlik, o‘ziga xoslik; - badiiy to‘qimadan foydalanish; - tasvirda ta’sirchanlikka, his-hayajonga intilish. Umumlashmalik. Har qanday obraz umumlashma bo‘ladi. Asarda tasvirlangan birgina narsa va hodisa zaminida minglab shu narsaga o‘xshagan narsa va hodisalarning xususiyatlari va belgilari jamlangan bo‘ladi. Download 64.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling