Dariy adabiyoti
Babrak Arg‘and hayoti va ijod
Download 64.64 Kb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Babrak Arg‘and hayoti va ijodi
Babrak Arg‘and milodiy 1949-yilda tavallud topgan. Onasining ismi Xurshid otasining ismi esa G‘ulom Muhiddin bo‘lgan. Dastlabki ta’limni Balx, Kobul Qandahor viloyatlaridagi Baxtar , Habibiya Mirvas Xattak o‘quv yurtlarida olgan.4 Babrak Argʻand (ازغند ببرک (1949-yilda Kobulda tugʻilgan. Maktabni tamomlagach u Kobul universitetining adabiyot va ijtimoiy ilmlar fakultetini tugatdi, 1974-yilda esa jurna listika boʻyicha Bolgariyadagi Sofiya universitetining aspiran turasiga kirdi va uni muvaffaqiyat bilan tamomlab 1979-yilda Afgʻonistonga qaytdi, gazeta va jurnallar tahririyatida ishladi, Afgʻoniston yozuvchilar uyushmasiga a’zo boʻldi. Argʻand 1973-yildan boshlab matbuotda oʻz hikoyalari bilan qatnashib, oʻquvchilar orasida tanila bordi. Shu yillarda bosilib chiqqan “Kanareyka”("کنيری” ,("Koʻcha” ("کوچه” ,("Daryo” ("دریا ("hikoya lari afgʻon mehnatkashlari hayotini tasvirlovchi asarlar edi. Ular da oddiy afgʻon kishilari quvonch va tashvishlari, kambagʻallarning mashaqqatli turmushi, nochor hayoti oʻz aksini topdi.5 Babrak Arg‘an umrining 30 yildan ortig‘ini yozuvchilikka bag‘ishlagan. Babrakning ota shahri Kobulning Pag‘mon tumanidagi Arg‘and qishlog‘I hisoblangan. Bu qishloq Kobul sharidan 20 kelometr uzoqlikda joylashgan. U ota tomondaт pashtun qavmidan hisoblanga Solaymonxil qabilasiga mansub bo‘lgan. Bu qavmning ajdodlari hozirgi kunda ham saqlanib qolgan Babrak ona tomondan ham ziyoli, obro‘li oilaning farzandi bo‘lgan. Onasi tomondan qarindoshlari Ahmadshoh Bobo hukumronligi davrida 500 nafar qarindosh urug‘lari bilan Samarqand va Buxoro orqali Afg‘onisonga ko‘chib kelishgan va iqlim va sharoit yaxshi bo‘lganligi sababli shu yerda muqim o‘rnashganlar. Bu oila ahmadshoh Bobonining nazariga ushadi va Ahmadshoh Bobo tomonidan navaab tahallusi beriladi. Shu tarzda Babrakning ona tarafi Navaab sharifini oladi. Doktr Babrak “Afg‘onison Yozuvchilar uyushmasi”ning va “Afg‘onison jurnalistlar uyushmasi” a’zosi, “Madaniyat sohasining yeakchisi” unvoni sohibi bo‘lgan. درفش Darfash haftalig yoshlar jurnali birinchi mas’ul mudiri, “Vatan” gazetasining birinchi mas’ul xodimi, “Dehqon” gazetasining birinchi mas’ul xodimi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Babrak Arg‘and uzoq yillar davomida yozuvchilik bilan shug‘ullanganiga qaramay uning “Pahlavon Murod va haqiqiy bo‘lmagan ot” (پهلوان مراد واسپی که اصیل نبود), “Kabutarlar” kabi mashxur asarlari yozuvchi ijodining kulliminasion nuqtasi bo‘lgan. Va hattoki bu ikki roman uni siyosiy va mafkuraviy sabablarga ko‘ra Jirg‘ada qabul qilishga tayyor bo‘lmagan, Afg‘onistonning taniqli adiblarining e’tiborini tortdi va ularning ham tahsiniga sazovor bo‘ldi. Pahlavon Murod asari shamsiy 1386-yilda nashrdan chiqqan. Yozuvchining asarlari ikki davrga bo‘lib o‘rganiladi: muhojirat (Yevropaga) qilishidan oldin yozilgan asarlar va muhojiratdan kiyingi asarlar. Muhojiradan oldin yozilgan asarlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Alvon dala(دشت الوان ، مجموعهء داستانهای کوتاه ؛); Hikoyalar to‘plami Qizil daftar(د فترچهء سرخ ، مجموعهء داستانهای کوتاه ؛); Hikoyalar to‘plami Marjon(مرجان ، مجموعهء داستانهای کوتاه); Hikoyalar to‘plami Sho‘rob (شوراب ، داستان دراز ؛); hikoya Xudoning xaqqi, qo‘shnining xaqqi; hikoya(حق خدا حق همسایه ، داستان دراز) Qizil yo‘l(راه سرخ ، داستان دراز ؛); Hikoya G‘am(اندوه ، داستان دراز); Hikoya Qurollangan kishilar(مردان مسلح ، نمایشنامه ( در ستیژ کابل ننداری به نمایش); pyessa Odamlar(آدمها ، نمایشنامه); Pyessa Muhojiradan so‘ng yozgan asarlari: Vayron etilgan shahar (شهر شکسته); Uchinchidan(و سوم این که); Soya(سایه); Oyna va hanjar (آیینه و خنجر); Yeinchi kalit(کلید هفتم); Yaldo(يلدا); Sharora(شراره); Pahlavon Mahmud(پهلوان مراد واسپی که اصیل نبود); Kabuarbozlar(کفتربازان); Qanosiz qushlar parvozi(پرنده گان. بیبال); Shayon tabassumi لبخند شیطان Bizning oila6 خانواده ما Yozuvchi Afg‘onisonni tark etgach Gollandiyada yashay boshladi va 2019-yilning 22 avgust sanasida sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar natijasida og‘ir kasallik bilan bu dunyoni tark etdi.7 Download 64.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling