Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet20/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali- Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Hujayrasi tarkibida haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizmlarni eukariotlardeyiladi. eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy, “karion” — yadro degan ma’noni anglatadi. eukariot hujayralar prokariot hujayralarga nisbatan murakkab tuzilgan va xilma-xil bo‘ladi. eukariotlarda o‘ziga xos tuzilishga ega ma’lum vazifalarini bajaradigan organoidlar mavjud. Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzilishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (18-rasm). hujayralar bajaradigan vazifalari va shakliga qarab turli-tuman: yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon (biriktiruvchi to‘qima hujayralari), o‘simtasimon (nerv hujayralari), amyobasimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to‘qima hujayralari) ajratish mumkin.
Hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. ko‘p hollarda ular juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr (mkm, 1mkm – 0,001 mm) ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan: tarvuz hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. eng katta hujayralarga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi.
Hujayralar katta-kichikligiga qarab turli xil og‘irlikka ega. Masalan, tuyaqush tuxumining og‘irligi 100 g dan 1,5 kg gacha boradi. Qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning og‘irligi esa 10~9g (ya’ni, 0, 000 000 001 g) ga teng.
eukariotlarga sodda hayvonlar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar kiradi. eukariot hujayralar prokariotlarning murakkablashishi tufayli paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. har bir eukariot hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va yadrodan iborat.
Plazmatik membrananing tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari.
Elektron mikroskop orqali olib borilgan tekshirishlar bakteriyalar,o‘simliklar va hayvonlar hujayrasida yupqa tashqi qobiq borligini aniqlash imkonini berdi. Bu qobiq hujayraningtashqi membranasi deb ataladi (lotincha “membrana” –qobiq, parda). hujayra qobig‘i hujayrani tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan bog‘lab turishni ta’minlaydi. Shuningdek, u himoya, to‘siq, moddalarni tanlab o‘tkazish, retseptorlik vazifasini ham bajaradi. hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. hayvon hujayralarining qobig‘i juda yupqa va elastik bo‘ladi. Shuning uchun tayanch vazifasini bajara olmaydi (19- rasm).
Fagositoz. organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxaridlar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi (yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olingan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. Hujayra membranasining yuza qismiga biror qattiq zarracha tushsa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani o‘rab qoladi. Pinositoz. har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi
Shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘rinishida yutilishi ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu hodisa pinositoz(yunoncha “pino” – ichaman degan so‘zdan olin gan) deyiladi. Zamburug‘larning hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari kabi hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan. Ammo ular sellyuloza emas, balki xitinsimon moddalardan iborat.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Plazmatik membrana qanday vazifalarni bajaradi?
2. Plazmatik membrana qanday tuzilishga ega?
3. Yarim o‘tkazuvchanlik deganda qanday jarayonni tushunasiz?
4. Fagositoz nima? uqanday amalga oshadi?



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling